O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini D. Rustamov
Kuchli nafrat va samimiy muhabbat uygʻotadigan obrazlar
Download 101.39 Kb.
|
adabiyot kurs ishi. aniq 412
1.2 Kuchli nafrat va samimiy muhabbat uygʻotadigan obrazlar.
Adabiy asarda tasvirlangan qahramonlarning hayoti, taqdiri misolida o`quvchi(talaba)larni jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. O`zbekni tushunish, uni anglash ham rusiyzabonlar uchun ijtimoiy munosabatlarning yana bir jabhasi hisoblanadi. Lekin turli hayotdagi turli tuman shaxslar bilan bo`ladigan muloqot tavsifi har bir insonga xos fazilatlar umumlashmasi tariqasida badiiy adabiyotda o`z aksini topib kelmoqda, bundan keyin ham qanchadan- qancha asarlar ana shu masalalarga bag`ishlanadiki, bu narsa odamlarga xos xislatlarning nihoyatda rang-barang ekanligidan dalolatdir. Asar qahramonlari obrazlari misolida yoshlarni ijtimoiy munosabatlar mazmuni, chunonchi, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va qabohat kabi talay tushunchalarning mohiyati bilan tanishtirish jarayoni amalga oshadi. O`zbek adabiyotini o`qitish metodikasi sohasida yaratilgan metodik adabiyotlar, tadqiqot ishlarining deyarli barchasida (masalan, Q.Yo`ldoshev, M.Mirqosimova, S.Matchonov, T.Boboev va boshqalar) asar qahramonlarini o`rganish xususida so`z yuritilib kelmoqda. Shuning uchun ulardan ijodiy foydalangan holda rusiyzabon o`quvchi(talaba)larning asar qahramonlari fazilatlarini anglash xususiyatlarini yoritish imkoniyatlarimiz ham katta. Lekin biz tilga olmoqchi masalaning qamrovi unchalik keng emas. Chunki bu masalaga maxsus tarzda atroflicha to`xtalish tadqiqot ishimizning asosiy maqsadlari sirasiga kirmaydi. Shaxsning axloqiy, intellektual fazilatlarini anglash, aniqlash, farqlash, mos so`z topib atash, odatda, katta qiyinchiliklar tug`diradi. Shaxsning xislatlarini ochuvchi so`zlarni bilib olish hali shu so`zlar anglatgan tushunchalarni bilish degan gap emas. Ayniqsa, kichik yoshdagi o`quvchilarning bunday so`z boyligi chegaralangan. Qolaversa, maktabda bunday tushunchalar maxsus o`rganilmaydi ham. O`quvchi asar qahramonining fazilati misolida shu asar munosabati bilan xislat bildiruvchi tushunchadan xabar topadi. Rusiyzabon o`quvchiga asar qahramonining fazilatini aytib tegishli so`zni to`g`ridan-to`g`ri atash, talaffuzini mashq qildirish, uni yod oldirish mumkin. Hatto o`quv matniga, asar haqidagi maqolaga (o`qituvchining kirish va yakuniy so`ziga) kiritib, mashqda biror bir o`quvchi, ishchi va boshqa kishi shunday fazilatga ega degan gapni o`qitish mumkin. Lekin bu gaplar sabab-natija munosabatlari orqali faoliyatga ishora qilmagani uchun so`z (tushuncha) shunchaki qabul qilinadi, his-tuyg`u uyg`otmaydi. L.N.Rojinaning haqli ravishda ogohlantirishiga ko`ra, “Shaxsning intellektual xislatlarini anglab etish katta qiyinchiliklar tug`diradi. Ko`pchiligining mazmuni ushbu yoshdagi bolalar uchun kam tanish. Shu sababdan ham kichik yoshdagi o`quvchilar emotsional sifatlarni kamdan- kam ajratadilar... Download 101.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling