O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Topshiriq. Oliy ta’lim muassasasi buyrug‘ining matnini tayyorlang. Topshiriq


Download 2.38 Mb.
bet108/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Topshiriq. Oliy ta’lim muassasasi buyrug‘ining matnini tayyorlang.
Topshiriq.Farmoyish hujjatlarida qo‘llaniladigan tayanch so‘zlarni yozing.


Savollar va topshiriqlar:
1. Buyruq qanday tayyorlanadi?
2. Uning asosiy qismlari nimalardan iborat?
3. Buyruqdan ko‘chirma qanday rasmiylashtiriladi?
4. Farmoyish nima?
5. Ko‘rsatma qanday tayyorlanadi?
6.«Ish yuritish» kitobidan buyruq, buyruqdan ko‘chirma, farmoyish va ko‘rsatma namunalari bilan tanishing. O‘zingiz ishga qabul qilish haqidagi buyruq, farmoyish va ko‘rsatma loyihasini tayyorlang.


41-MAVZU.MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI
Reja:

  • Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi. Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari. Tarjimayi hol. Bildirgi. Tavsifnoma.

  • Tarjimayi hol yozish. Tavsifnoma yozish.



Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi. Ma’lumot-axborot turlari. Tarjimayi hol. Bildirgi. Tavsifnoma.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish
yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, tarjimai hol, bildirgi, tavsifnoma…
Tarjimayi hol ma'lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuvdir. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
Trajimai holning asosiy zaruriy qismlari :
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol).
2. Matn :
a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi ;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi ;
v) millati, ijtimoiy kelib chiqishi ;
g) ota-onasi haqida qisqacha ma'lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);
d) ma'lumoti (qaerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma'lumotiga ko‘ra mutaxassisligi );
ye) ish faoliyatining turlari ;
yo) oxirgi ish joyi va lavozimi ;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar ;
z) jamoat ishlarida ishtiroki ;
i) oilaviy ahvoli va oila a'zolari ;
y) pasport ma'lumotlari ;
k) turar joyi (uy adresi), telefoni.
3. Sana.
4. Imzo.
Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda, ya'ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma'lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling