O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Badiiy uslub
Badiiy adabiyot o‘zining alohida uslubiga ega. So‘zni badiiy asar g‘oyasiga, mazmuni va yo‘nalishiga moslab ishlatish badiiy uslubini keltirib chiqaradi. Unda tilning badiiy vositalari bilan birga frazeologik birikmalar ham qo‘llanadiki, bu holat ilmiy uslubga daxldor emas. Badiiy ijodda lirika, nasr va drama kabi adabiiy turlar mavjud bo‘lib, ular ham uslubiy jihatdan o‘ziga xoslikka ega. Badiiy uslubda o‘xshatish, sifatlash, metafora, mubolag‘a va boshqa qator tasvir vositalari, obrazli so‘zlar ishlatiladi. Masalan: Paxta yoppasiga ochilib, uni paxta terish mashinalari terishga boshladi. Bu jumla ommabop (publitsistik) uslubda berilgan. Oppoq choyshab elpinganday jilvalanib turgan paxtazorda zangori kemalar kemalar javlon ura boshladi, jumlasi esa badiiy uslubga xosdir. Badiiy uslubga yuz-oraz, bino-koshona, vatan-diyor kabi so‘zlar bilan almashtiriladi va matnga obrazli ruh beriladi. Shuningdek, badiiy uslubda tilning ichki lekisk resurslari – dialiektizm, professionalizm, jargon, arxaizm va boshqalardan ham keng foydalaniladi. ABDULLA QODIRIY (1894 -1938) Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894-yilning 10 aprelida Toshkentda dehqon oilasida tug'ildi. Avval eski maktabda, so'ngra «Russko-tuzemnaya shkola»da o‘qidi. Bir savdogar boy qo'lida mirza bo'lib ishladi. Dehqonchilik bilan astoydil shug'ullandi. Adibdagi bu xususiyatni Oybek: «U aqliy mehnat kishilariga har mahal ham nasib bo'lavermaydigan darajada jismoniy mehnatga o'eh kishi edi>>. — deya ta’riflagandi.Abdulla Qodiriy 1909-yildan badiiy ijod bilan shug'ullana boshladi. Dastlab kiehik-kiehik she’rlar, maqolalar, hajviv asarlar bilan matbuotga qatnashdi. So'ngra «Ahvolimiz». «Millatimga» singari she'rlar, «Baxtsiz kuyov» (1914) pyesasi, «Juvonboz» (1915). «Uloqda» (1915), «Jinlar bazmi» (1916) va boshqa hikoyalarini yaratdi. Bu asarlarida barcha jadidchilar singari Qodiriy ham kitobxonlarni ezgulikka. ilm-ma’rifatga undadi, ushbu g'oyalariga go'zal badiiy libos kiydirdi. Abdulla Qodiriy 1917-yildan so'ng dastlab jurnalistika sohasida faoliyat ko'rsatdi. 1923-yildan boshlab «Mushtum» jurnalida mas’ul lavozimda ishladi. Felyeton, maqola va hajviy hikoyalari bilan «Mushtum»ga faol qatnashib, birinchi o'zbek satirik jurnalining asoschilaridan biri sifatida tanildi.Abdulla Qodiriy ijodi yangi talablari asosida mavzu va janr jihatidan ham, g'oyaviy-badiiy jihatdan ham yil sayin tobora o'sa bordi. 1924-yilda Moskvadagi V.Bryusov nomidagi Oliy Adabiyot institutida olingan tahsil Abdulla Qodiriy ijodida muhim ahamiyat kasb etdi. U Moskvadan qaytgach, yana matbuot sohasida ishladi, ijodiy ish bilan band bo'ldi. Abdulla Qodiriy 1919-vildan boshlab «O'tkan kunlar» romani uchun material yig'ish va uni yozishga kirishgan. 1922- yil «Inqilob» jurnalida romandan dastlabki parchalar e’lon qilingan. So'ngra romanning har bir bo'limi alohida-alohida kitobcha holida (I bo'lim— 1924, II boiim — 1925. Ill boiim— 1926-yilda) nashr etilgan. 1938-yili esa «O'tkan kunlar» romani ilk bor butun holda Boku shahrida chop qilingan. Abdulla Qodiriyning ikkinchi romani — «Mehrobdan chayon» (1929) ham o'tmish haqida. «Mehrobdan chayon» romanida Qo'qon xoni Xudoyorxon, shuningdek, Abdurahmon domla kabi fitnachi, порок shaxslar obrazlari yaratilgan. Bularga qarama-qarshi holda Mirzo Anvar, Ra’no, Sultonali singari obrazlar samimiy muhabbat va ixlos bilan tasvirlangan. Adib shaxsga sig'inish davrida tuhmatga uchrab, 1938- yilning 4-oktabrida qatl etildi. Abdulla Qodiriy 1956-yilda to'liq oqlandi. Shundan so'ng, ayniqsa, mustaqillik davrida yozuvchi Abdulla Qodiriy ijodi yuksak qadrlanib, uning bebaho xizmatlari munosib taqdirlandi. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling