UMUMXALQ LEKSIKASIGA KIRGAN SAN’ATSHUNOSLIK TERMINLARI
Syujet, janr, rang-tasvir, palitra, dutor, avj, epizod, gravyura, pa, dubl kabi so`zlarning ma’nosini tushunasizmi? Ularga lug`atdan foydalanmagan holda izoh bera olasizmi? Nima uchun? Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlaridan yana qaysilarini bilasiz? Shunday so`zlarning kichik izohli lug`atani tuzing. Ular ishtirokida “San’at bizning hayotimda” mavzusida davra suhbati o`tkazing.
34-MAVZU. MEN SEVGAN ASAR
Reja:
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti haqidagi ma’lumotlarni gapirib berish.
Mashhur o‘zbek shoirlari ijodidan namunalar yod olish.
“Adabiyotning kishi ruhiy dunyosiga ta’siri” mavzusida esse yozish.
Yangi kitoblar haqida polilog matnini tuzish va uni instsenirovka qilish.
Badiiy tasvir vositalari.
O‘tkir Hoshimov
O‘tkir Hoshimov 1941-yili Toshkentda ishchi oilasida tug‘ildi. U o‘rta maktabni bitirgach, 1959-1964-yillar Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida ta’lim oldi. O‘tkir Hoshimov“Toshkent xaqiqati”, 1966-yildan “Toshkent oqshomi” gazetasi muharririyatida bo‘lim mudiri, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari , “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri vazifalarida ishladi.
O‘tkir Hoshimovo‘z ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. Uning birinchi ocherklar to‘plami 1962yilda “Po‘lat chavandoz” nomi bilan nashr etildi. So‘ngra “Cho‘l havosi” (1963), “Odamlar nima derkin...”, “Shamol esaveradi”, “Bahor qaytmaydi” (1970), “Qalbingga quloq sol”(1973), “Uzun kechalar”(1975), “Nimadir bo‘ldi”(1976), “Quyosh tarozisi”(1980), “Dunyoning ishlari” (1982) hikoya va qissalar to‘plamlari hamda “Nur borki, soya bor”(1979),”Ikki eshik orasi”(1986) romanlari bosilib chiqdi. 1974-yili esa “Birovning tashvishi” nomli psixologik dramasi sahnalashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |