O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Matn yuzasidan topshiriqlar


Download 2.38 Mb.
bet92/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Matn yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq.
a) Mavzuga oid matnni o‘qing.
b) Matndagi terminlarning ma’nosini izohlang.
v) Matnni ijodiy so‘zlang.





Abzats №

Bilaman
V

Men uchun yangi ma'lumot
+

Men bilgan ma'lumotni inkor qildi
-

Mazkur ma'lumotni tushunma-dim, izoh kerak?

1.













2.













3.













4.















2-topshiriq.Quyidagi tayanch so‘zlarni yod oling:
Iste’dod [moyillik] - nihoyatda zo‘r ijodiy qobiliyat, layoqat. Iste’dodli rassom.
Miniatura [umal. miniature - nafis, nozik qilib ishlangan rasm <lot. minium - qizil yoki qizg‘ish-jigarrang bo‘yoq] - O‘rta asr qo‘lyozma asarlari va kitoblarda bo‘yoqlar bilan chizilgan nafis rasm, surat. Behzod ishlagan miniaturalar o‘rta asr tasviriy san’atining qimmatbaho durdonalaridandir.
Musavvir [rassom] - turli tasvirlar ishlovchi, rasm chizuvchi ijodkor.Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri.
Mohir [mahoratli, malakali, usta] - yuksak mahoratga ega bo‘lgan, mahorat qozongan, usta. Mohir rassom.
Kambag‘al [qashshoq, yo‘qsil] - muhtojlikda yashovchi, tirikchilik uchun kerakli narsasi yetarli bo‘lmagan; qashshoq, faqir, bechora. Kambag‘al hunarmand oilasida tug‘ilgan.
San’atkor [san’at bilan shug‘ullanuvchi] - san’at sohibi, san’atning biror sohasini egallagan ijodkor.Yuksak mahoratga ega bo‘lgan yaratuvchi. Mashxur san’atkor.
Bahramand bo‘lmoq - bahra olmoq; biror foyda, naf ko‘rmoq. Behzod Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan.
Ijod [yaratish, kashf etish; vujudga keltirish] - badiiy, ilmiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati. Kamoliddin Behzod ijodi.
Qadrlamoq - obro‘-e’tiboriga, qadr-qimmatiga yarasha izzat-hurmat ko‘rsatmoq. Ustozlarini qadrlamoq.
Yetim [ota-onasiz, yakkayu yagona] - otadan, onadan yoki har ikkovidan ajralgan. Ota-onasidan juda erta yetim qoldi.
Hunarmand - uyida yoki o‘z do‘konida mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kasb-hunar egasi, kosib. Hunarmand oilasi.


3-topshiriq.Xalq amaliy san’ati haqida taqdimot tayyorlang.


Mustahkamlash uchun savollar

  1. San’atning qanday turlarini bilasiz?

  2. Musiqa san’ati tarixi haqida qanday ma’lumotga egasiz?

  3. Hunarmandchilikning qanday turlarini sanay olasiz?

  4. O‘zbekistonda naqqoshlik san’ati qaysi hududlarda ayniqsa rivojlangan?

  5. Milliy zargarlik buyumlariga bugungi kunda talab qay darajada?

  6. Bizga zamondosh rassomlardan kimlarni bilasiz?

  7. Kamoliddin Behzodning nomi nima uchun asrlar osha yashab kelayapdi?

  8. O‘zbek xalqi dunyo sivilizatsiyasiga qanday hissa qo‘shgan?

  9. Madaniy yodgorliklar rivojlanishga qanday yordam bermoqda?

  10. Yunus Rajabiy kim edi?

  11. 1960-yilda Yunus Rajabiyning qanday kitobi nashr etildi?

  12. Nima uchun Yunus Rajabiyni haqiqiy olim deymiz?


Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling