O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S


-MAVZU: DINAMIKA QATORLARI


Download 5.39 Mb.
bet64/84
Sana11.11.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1765656
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84
9-MAVZU: DINAMIKA QATORLARI.
Reja:
1. Dinamika.
2. Xronologik moment.
3. Davriy ishsizlik.
4. Xronologik momentlar, davrlar (yil, oy…) ro’yxatidan.
5. O’rganilayotgan hodisaning soni, hajmi, miqdorini tavsiflovchi darajalar
Dinamika, taraqqiyot ijtimoiy hodisa,jarayon, xronologik moment, daraja, statistik kuzatish, hosilaviy qator, bazis davr, joriy davr, mehnat resursi, demogratif omil, iqtisodiy faol holi, friksion ishsizlik, davriy ishsizlik, strukturaviy ishsizlik.
II. Darsning jihozi: Ma’ruzalar matni, misollar ishlangan sxemagrammalar, doska, bo’r, formula kartochkalari.
III. Darsning maqsadi: Talabalarga dinamika to’g’risida ijtimoiy hodisa va jarayonlar statistik kuzatish, joriy va bazis davr, mehnat qilish yoshidagi aholi, mehnatga layoqatsiz aholi, pensionerlar va o’smirlarning umumiy miqdori va boshqa mavzuga oid tushunchalar haqida tushuncha berish.
IV.Tashkiliy qism: Talabalar bilan salomlashib, navbatchi yordamida davomatni aniqlash, jahon yangiliklaridan so’rash, jurnal bilan ishlash.
V. Yangi mavzu bayoni. Ijtimoiy hodisa va jarayonlar doimo harakatda, o’zgarishda hamda rivojlanishda bo’lib, taraqqiyot esa oddiydan murakkabga quyidan yuqoriga, eskidan yangiga qarab boradi. Statistika ijtimoiy hodisalarni faqat mavjud holatda olib qaramay, balki ularning vaqt ichida o’zgarishini ham o’rganadi.
Ijtimoiy hodisalarning vaqt ichida o’zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Har qanday dinamika qatori quyidagi ikki unsurdan:
1. Xronologik momentlar (sanalar), davrlar (yil, oy…) ro’yxatidan.
2. O’rganilayotgan hodisaning soni, hajmi, miqdorini tavsiflovchi darajalardan tashkil topadi.
Statistik kuzatish natijalari ikki turdagi mutlaq miqdorlar bilan ifodalanadi. Birinchi turdagi miqdorlar hodisalarning aniq sanadagi, momentdagi holatini tavsiflaydi. Masalan, Aholi soni, asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati, omonat kassalaridagi pul qo’yilmalari va shunga o’xshashlar odatda yil boshiga yoki yil oxiriga nisbatan hisoblanadi.
Bunday ko’rinishdagi mutlaq miqdorlar asosida tuzi lgan dinamika qatorlari momentli dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Ikkinchi turdagi mutlaq miqdorlar hodisalarning ma’lum bir davr ichidagi holatini tavsiflaydi. Masalan: ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, mehnatga haq to’lash jamg’armasi, yetishtirilgan paxta miqdori kabilar shu turdagi mutlaq miqdorlar jumlasidandir. Ular asosida tuzilgan dinamika qatorlari davriy qatorlar deb yuritiladi.
Dinamika qatorlarining boshlang’ich mutlq qatorlariga asoslangan holda hosilaviy qatorlarni ham tuzish mumkin. Hosilaviy dinamik qatorlar deyilganda mutlaq miqdorlar asosida hisoblangan nisbiy va o’rtacha miqdorlar hamda ular bo’yicha tuzilgan dinamik qatorlar tushuniladi. Masalan: aholi zichligi, 1 chi yerga solingan o’g’it, har 1000 kishiga to’g’ri kelgan tug’ilish hamda o’lish, mahsulotning bir birligiga sarflangan vaqt va boshqalar intensiv nisbiy miqdorlar jumlasiga kirib, ular asosida tuzilgan qatorlar hosilaviy dinamik qatorlar deb yuritiladi.
Momentli va davriy qatorlar bir-biridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
-Agar momentli qatorlarda har bir daraja o’rganilayotgan hodisaning ayni sana, momentdagi holatini, miqdorini ifodalasa, davriy qatorlardagi har bir daraja ma’lum davr ichidagi hodisa miqdorini ifodalaydi. Shuning uchun ham davriy qator darajasi davrlarning katta-kichikligiga bog’liq.
Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi. Ular joriy davr ko’rsatkichini bazis davr ko’rsatkichiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo’lsa, u holda har bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr darajasiga taqqoslash yo’li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash mumkin.
Bazisli – Db nm = Di .100
Di -1
Di-I davr darajasi
Di- har bir davrdan oldingi davr darajasi
Do-bazis davr darajasi.
Tuzilma miqdorlari deyilganda to’plamdagi ayrim guruhlarning shu to’plamning umumiy yig’indisiga bo’lgan nisbati tushuniladi.
1992 y. 6% qo’shimcha o’stirsh reja
Tnm =n.100=5.100=6% Haqiqatda 5% o’sgan. 1 navli paxta 82%
∑n 82
n- To’plamdagi ayrim guruhlar
∑n-To’plam yig’indisi.
Koordinasiya nisbiy miqdorlari deyilganda to’plamdagi guruhlarning bir-biriga bo’lgan nisbati tushuniladi. Intensiv nisbiy miqdorlar hodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, uchrashish tezligini tavsiflaydi. Bunday miqdorlar bir-biri bilan bog’langan turli xildagi hodisalarni taqqoslash natijasida olinadi.
Obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari turli obyekt va mintaqaga mansub bo’lgan har bir ko’rsatkichning nisbatini tavsiflaydi. Ular koefisentda yoki foizda hisoblanadi va bir mintaqaning tegishli ko’rsatkichi ikkinchisidan necha marta ko’p yoki ozligini ko’rsatadi. Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi xodisa jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi. Ular joriy davr ko’rsatkichini bazis davr ko’rsatkichiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo’lsa, u holda har bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr darajasiga taqqoslash yo’li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash mumkin.
1. Db nm =Di*100
Do
2. D3 nm =Di*100
Di-1
Di – davr darajasi.
Di-1 – har bir keyingi davrdan oldingi davr darajasi.
D0-bazis davr darajasi.
Tuzilma miqdorlari deyilganda to’plamdagi ayrim guruhlarning shu to’plamning umumiy yig’indisiga bo’lgan nisbati tushuniladi.
Tnm=n____*100
∑n
Tnm – tuzilma nisbiy miqdorlari
n – to’plamdagi ayrim guruhlar
∑n – to’plam yig’indisi.
Koordinasiya nisbiy miqdorlari deyilganda to’plamdagi guruhlarning bir-biriga bo’lgan nisbati tushuniladi.
Intensiv nisbiy miqdorlar hodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, uchrashish tezligini tavsiflaydi. Bunday miqdorlar bir-biri bilan bog’langan turli xildagi xodisalarni taqqoslash natijasida olinadi.
Interpolyasiya deyilganda dinamika qatorlari oralig’idagi ma’lum darajani aniqlash tushuniladi.
Ekstropolyasiya deyilganda dinamika qatorlarning bo’lajak davr yoki perspektiv darajalarini aniqlash tushiniladi.
Bu usul ikki turda bo’ladi:

  1. Perspektiv ekstrapolyasiya, ya’ni bo’lajak noma’lum davrlar darajalarini aniqlash.

  2. Retrospektiv ekstropolyasiya, ya’ni oldingi, o’tgan davrlar darajalarini tekshirish.

Mehnat resurslari statistikasi.
[Mehnat resurslari – bu jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilardir. Ularning asosiy qismini mehnat qilish yoshida bo’lgan aholi tashkil etadi.] O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksiga binoan mehnat resurslarining quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi esa erkaklar uchun 60, ayollar uchun 55 yosh deb qabul qilingan. Bu chegaralarni belgilashda aholining turmush darajasi, sog’liqni saqlash, sport va maorif tizimi, pensiya ta’minoti sharoitlari, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillar hisobga olinadi.
[Mehnat resurslarining sonini quyidagicha aniqlanadi:
MR=MYo-(N-BB)+PO’
MYo-Mehnat qilish yoshidagi aholi.
N-/va // guruh nogironlari, mehnatga layoqatsiz aholi.
BB –hyech qayerda band bo’lmagan aholi.
MO’ –pensionerlar va o’smirlar.
O’zbekiston mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi jihatdan eng yuqori bo’lgan mintaqalar qatoriga kiradi.
Markaziy Osiyodagi mehnat resurslarining deyarli 40 foizi uning hissasiga to’g’ri keladi. Ayniqsa, aholining tarkibida mehnat qilish yoshida bo’lgan kishilar sonining nisbatan tezroq o’sishi respublika mehnat resurslarining jadal o’sishiga olib kelmoqda. 2006 yilda mehnat resurslarining soni 16 mln.dan oshdi. Iqtisodiy faol aholi (IFA) deganda mehnat qilish yoshidagi aholi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan aholi (IA) va ishsizlarning (IShS) yig’indisi tushuniladi:
IFa=IA+IShS
IFa=MR-XXbbm
bu yerda: XXbbm – mehnat qilish yoshidagi ammo xalq xo’jaligida band bo’lmagan ishga layoqatli aholi soni.
Iqtisodiy nofaol aholi (INFa) deganda davlat va ayrim kishilar qaramog’ida bo’lgan, hyech qayerda ishlamayotgan aholi tushuniladi. Uni soni quyidagicha hisoblanadi.
INFa=Dk+AKk
Xalq xo’jaligida band bo’lgan aholi – bu iqtisodiy faol aholinin gasosiy qismi bo’lib, ular jamiyatning barcha sektorlarida band bo’lgan, aniqrog’i ishlayotgan aholidir. Ularning tarkibida ishsizlar va ishlash yoshidagi, ammo xalq xo’jaligida band bo’lmagan ishga layoqatli ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotgan yoshlar (O’Yo va harbiy xizmatchilar (HX) kirmaydi:
XXbb=IFa-(IShS=O’Yo+HX)
Ishsizlikning turli ko’rinishlari mavjud:
-friksion ishsizlik
-strukturaviy ishsizlik
-davriy ishsizlik
Friksion ishsizlik safiga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqt ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan kishilar kiradi:
Bunday turdagi ishsizlik:
-ish va turar joyining o’zgarishi
-o’quv yurtlarini bitirish
-mavsumiy ishlarning tugallanishi natijasida yuzaga keladi.
Friksion ishsizlik ishchi kuchlarini tarmoq va regionlar miqyosida samarali taqsimlanishiga ko’maklashadi, iqtisodiy o’sishga ijobiy ta’sir qiladi.
Strukturaviy ishsizlar safiga ishlab chiqarish tarkibi va texnologiyasining tubdan o’zgarishi sababli ishsiz qolgan kishilar kiradi. Bunday ishsizlik sharoitida xodim o’z malakasini oshirishi, xatto mutaxassisligini o’zgartirishiga to’g’ri keladi. Bunga esa ma’lum vaqt talab etiladi. Mehnat bozoridagi muvozanatning bunday buzilishi uzoqroq davom etadi shu sababli strukturaviy ishsizlik jiddiy muammolardan hisoblanadi.
Davriy ishsizlik ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning ko’payishi oqibatida vujudga keladi. Har qanday boshqa mamlakatlar singari O’zbekistonda ham ishsizlikning yuqorida sanab o’tilgan ko’rinishlari mavjud. Ayniqsa strukturaviy ishsizlik muhim muammoga aylanmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti yuksak darajada taraqqiy etgan industrial iqtisodiyot hisoblanadi.
-16 yoshga to’lgan bolalar koefisiyenti quyidagicha aniqlanadi.
K16 yosh=O’16 yosh*100
Amyo
O’16 yosh – 16 yoshga to’lgan o’smirlar soni.
Amyo – mehnat yoshidagi aholi.
-ishga jalb qilingan o’smirlar koefisiyenti quyidagicha aniqlanadi.
Ko’=O’16 yosh*100
Amyo
O’s – mehnat qilish yoshida bo’lmagan o’smirlar soni.
Amyo – mehnat yoshidagi aholining o’rtacha soni.
- ishga jalb qilingan pensionerlar koefisiyenti quyidagicha aniqlanadi.
Kp=Ps*100
Amyo
Ps-mehnat qilish yoshidan o’tgan pensionerlar soni
Amyo – mehnat yoshidagi aholining o’rtacha soni.
-ishga jalb qilingan mehnat yoshida bo’lmaganlarning umumiy koefisiyenti quyidagicha aniqlanadi:
Kmyob =O’16yosh+O’s+Ps*100
Amyo
O’16 yosh – potensial mehnat resurslariga aylangan o’smirlar.
O’s – o’smirlar soni
Ps – pensionerlar soni.
-mazkur xududga kelgan, ishga qabul qilingan mehnat yoshidagi aholi koeffisiyenti quyidagicha aniqlanadi:
Kkel=Kelmyo *100
Amyo
Kelmyo – mazkur hududga kelgan, ishga qabul qilingan mehnat yoshidagi aholi.
Amyo – mehnat yoshidagi aholi soni.
VI. Darsni mustahkamlash: Test topshiriqlarini yechish.

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling