O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
VIII. ADABIYOTLAR RО‘YXATI
Download 434.34 Kb.
|
Pedagogika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari 1-mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari (4 soat) Reja
VIII. ADABIYOTLAR RО‘YXATI
MUNDARIJA
Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari 1-mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari (4 soat) Reja O’zbekiston tarixi, predmeti va ob’ekti. O’zbekiston tarixi fani vazifalari va uning dolzarb muammolari. O’zbekiston tarixi fanini o’rganish manbalari Tarix - inson hayoti uchun, kelajagi uchun eng zarur dasturamal. Tarix o‘tmish voqealari bayoni bilan insoniyatning buguni va ertasi uchun poydevor yaratadi. Uning ma’naviy dunyosini boyitadi va jamiyatda sog‘lom fikrli kishilarning safini ko‘paytiradi. Insoniyat nimaiki kashf qilmasin, ixtiro qilmasin uning zaminida tarixiy sharoit yotadi. Tarixiy sharoitning qanday rivojlanayotganligini tarixiy taraqqiyot tushuntiradi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyotga baho berish zaminida tarixiy taxlil yotadi. Tarix- insoniyat uchun doimo yashashi uchun qurol, kelajagi uchun asosiy yo‘riqnoma bo‘lib kelgan. Tarixiy jarayonlar taxlili inson ongini charxlaydi, fikrlashga undaydi, bugungi kun voqealarini taxlil qilib, yaxshi yashashi uchun imkoniyatlar yaratadi. Ozbekistonning 1-Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Inson uchun tarixidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir”1. Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson hisoblanadi. Har bir inson o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglashning eng muxim zamini sanaladi. Inson ma’naviy kamolati asosida tarix yotadi. Yangi ixtirolar-bizning dunyodagi insoniyat tarixi haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Tarixning kishilik jamiyati hayotida muxim o‘rin egallashini har doim e’tirof qilib kelingan. Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, uning xar bir soniyasi odamlar bilan, ularning taqdiri bilan, ularning dunyoqarashi va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Tarix zaminida dunyoga kelgan har bir odam taqdiri mujassam. Shu sabab biz tarixga bee’tibor bo‘la olmaymiz. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida tarix va ma’naviyatning hayotdagi muxim o‘rnini quyidagicha izohlagan: “dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixdagi ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin.”1 Tarixni real, ob’ektiv yoritish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Jamiyatda tarix so‘zi ikki xil ma’noda ishlatiladi: 1) Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu ma’noda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va b. tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli bo‘lgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti jarayonini o‘rganuvchi fan2 hisoblanadi. Insoniyat tarixini o‘rganuvchi fan –tarix deb atalib, u insoniyat tarixining barcha jabhalarini o‘zida qamraydi. Tarix so‘zi ilk marotaba mil.avv.V asrda grek mutafakkiri Geradot tomonidan “Istoriya” tariqasida, ya’ni o‘tmish voqealari bayoni ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa-da, uning ildizi odamzotning shakllanish davrlar bilan bog‘liq. “Tarix” so‘zi esa, arabchadan olingan bo‘lib “O‘tgan voqealar haqida hikoya” degan ma’noni anglatadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarix fanining tadqiqot ob’ekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hoziri haqidagi faktlarni yig‘ish, taxlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma’lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Uning predmeti esa, o‘tmish va hoziri davridagi taraqqiyot jarayonlarini nazariy jihatdan umumlashtirish, ma’lum bir tizimga solib, qonuniyatlarini tadqiq qilish, o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklikni va davomiylikni, sabab va oqibatlarini asoslab berish hisoblanadi. Tarix fani o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma’nosini ko‘rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, o‘tmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko‘ra bilishdek muhim vazifani xal qiladi. 20-yillar arxeologiyasi bizning dune bilimlari xakidagi biimlarimizning chegarasini yuna bir bor ortga siljit Download 434.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling