O‘quv laboratoriyalarvda texnika xavfsizlik bo‘yicha umumiy qoidalar texnika xavfsizligiga rioya etish
NAZARIY FIZIKA VA KVANT ELEKTRONIKASI KAFEDRASI LABORATORIYaLARIDA TAJRIBA IShLARINI BAJARIShDA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Download 64 Kb.
|
Техника безопасности
NAZARIY FIZIKA VA KVANT ELEKTRONIKASI KAFEDRASI LABORATORIYaLARIDA TAJRIBA IShLARINI BAJARIShDA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Laboratoriya tajriba ishlarini bajarish uchun kelgan xar bir talaba kuyidagi asosiy talablarni bajarishi shart: Birinchi marta laboratoriyaga kelgan talaba texnika xavfsizligi koidalari bilan puxta tanishgandan keyin, o‘ziga berilgan asbobni qaerga joylashganligini va uning elektr tarmog‘iga qanday ulanganini bilishi lozim. Bu tug‘risida, eng avval o‘qituvchi yoki laborant gapirib berishi kerak. Talaba asbobning ishlash prinsipini, uning asosiy qismlarini (optik sxemasini) va bajariladigan ishning xamda uning maqsadini, nazariy qismini chuqur o‘rganishi kerak. U ishni bajarishda kerak bulgan asbob-uekunalarni tasavvur kilishi va undan foydalana olishi zarur. Talaba bajariladigan ishning nazariy qismini, kerakli asboblarning ishlashini, ishning borishini o‘qituvchiga yoki laborantga tushuntirib berishi kerak. Xar bir talaba mustaqil ravishda ishda foydalaniladigan modda konsentratsiyalarini tayyorlay olishi va undan foydalanish imkoniyatga ega bo‘lishi kerak. Kyuvetalarni va modda tayyorlanadigan shisha kolbachalarni yuvish va tozalash metodlarini yaxshi bilishi lozim. Ishni bajarishda tajribani bir xil sharoitda bir necha marta takrorlab olingan o‘lchash natijalarini aloxida jadlarda (jadvallar bir xil ishning oxirgi betida keltirilgan) keltirish shart va shuni unutmaslik kerakki, ishni bajarilish tartibini yaxshi bilmaslik noto‘g‘ri natijalar olinishga asbob bo‘lishi mumkin. Tajriba natijalarini boshqalardan ko‘chirib yozish mutlaqo mumkin emas. Belgilangan ishni bajarib bo‘lgandan keyin olingan natijalarning nisbiy va absolyut xatolarini hisoblab, o‘qituvchiga yoki laborantga ko‘rsatib, uning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgandan keyingina hisobotni tayyorlab topshirish mumkin. Ikkita ishni bajargandan so‘ng, bu ishlarning birontasi uchun hisobot tayyorlanmasa, uchinchi ishni bajarishga ruxsat berilmaydi. Xar bir ishni belgilangan soat mobaynida topshirishi shart. Laboratoriya ishi buyicha bajarilgan o‘lchashlar hisobotini o‘qituvchiga topshirishdan avval, ishga taalluqli barcha savollarga puxta tayyorlanish kerak. Buning uchun kerakli adabiyotlarni laboratoriyadan yoki kutubxonadan olib foydalanish mumkin. Tajriba olinayotgan paytda asboblarni e’tiborsiz qoldirish, elektr vositalariga bo‘lar-bo‘lmasa tegaverish, asbobning aloxida qismlarini burash va tajriba tugagandan keyin asbobni elektr tarmog‘iga ulangan holda koldirish qat’iyan man qilinadi. Dars vaqtida o‘kituvchining ruxsatisiz laboratoriyadan chiqib ketish, atrofdagilar bilan gaplashib o‘tirish, shovqin ko‘tarish umuman mumkin emas, agar chiqishga extiyoj bo‘lsa faqat o‘qituvchining ruxsati bilan tashqariga chiqish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, laboratoriya darslarini sababsiz qoldirgan, dars rejimini normal borishiga va laboratoriya qonun-qoidalariga rioya qilmagan talaba faqatgina dekanat ruxsati bilangina darslarga qo‘yiladi. Tuzuvchi: lab. Xayitboyev.T Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling