O‘quv mashg‘ulotining natijasi


Rasmiy uslub va uning yurist faoliyatidagi o‘rni


Download 92.5 Kb.
bet5/8
Sana21.11.2021
Hajmi92.5 Kb.
#176234
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu

Rasmiy uslub va uning yurist faoliyatidagi o‘rni

Rasmiy uslub tilning boshqa uslublaridan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va vazifasi jihatdan yuridik, diplomatik va ma’muriy faoliyatga xizmat qiladigan nutq ko‘rinishidir. Bu uslub, asosan, hujjatlilik belgisi bilan boshqa funksional uslublarga nisbatan tarixiydir. Rasmiy uslubning dastlabki ko‘rinishlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi.

Qadimgi hoqonliklar, davlatlar va xonliklarning qonunlari, amr va farmonlari, yorliqlari, har xil arznomalar, rasmiy xatlar, vaqfnomalar, vasiqalar va boshqa turli xil hujjatlar; hokimliklar, bekliklar va tumanlar o‘rtasidagi o‘zaro har xil yozishmalar rasmiy uslubning ancha ilgari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘sha davrlardagi hujjatlar tilida faol qo‘llangan hoqon, budun, tuzukot, hirovul, chopovul, dorug‘a, qushbegi, qozi, qozikalon, qozixona, a’lam, munshiy, mirzo, devonbegi, amir, xon, vazir kabi davlatchilik va huquqqa oid leksik birliklar (terminlar) ishtirok etgan matnlar, dastxatlar o‘z davri yozma nutqining dastlabki namunalaridir.

Bu uslubning ijtimoiy vazifasi hozirgi kunda ham juda keng bo‘lib, barcha rasmiy hujjatlar mana shu uslubda yoziladi.

Jumladan, bu uslubda qonunlar, qarorlar, farmonlar, buyruqlar, rezolusiyalar, turli diplomatik bitimlar, shartnomalar, deklaratsiyalar, konvensiyalar, maxsus rasmiy axborotlar, xullas, turli mavzudagi arizalar, tarjimayi hol, tavsifnoma, tilxat, turli xil bayonnomalar yetakchi o‘rin tutadi.

1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling