O‘quv mashg‘ulotining natijasi
Download 92.5 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zlashuv uslubi.
- Badiiy uslub.
МОDUL – YURISTNING YOZMA VA OG‘ZAKI MULOQOT KO‘NIKMASI 4-MAVZU. O‘ZBEK TILINING USLUBIY ME’YORLARI O‘quv mashg‘ulotining natijasi – ushbu o‘quv mashg‘uloti talabaning o‘zbek tili uslublari haqidagi bilimini mustahkamlaydi, har bir uslubning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni qo‘llash bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi. Adabiy tilning funksional uslubi nima? Tilning funksional uslublari leksik, grammatik, fonetik tizimlarga xos barcha vositalarning ma’lum kommunikativ maqsadga xizmat qilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, nutq uslublari tilning ijtimoiy hayotdagi vazifasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham ular funksional (vazifaviy) uslublar deb nomlanadi. Funksional uslublarni nomlash ularning qanday aloqa, muloqot doirasida qo‘llanilganligiga qarab belgilanadi: 1) rasmiy (ma’muriy-huquqiy) uslub; 2) ilmiy uslub; 3) badiiy uslub; 4) so‘zlashuv uslubi; 5) publitsistik uslub. So‘zlashuv uslubi. Oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi sanaladi. So‘zlashuv uslubi adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me'yorlariga qat'iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Ikki shaxsning o‘zaro so‘zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So‘zlashuv uslubida so‘zlar ko‘pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. Bu uslubning yana bir o‘ziga xos xususiyati uning erkinligidir. Badiiy uslub. Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya'ni badiiy asarlarga xos bo‘lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta'sirchanlik kuchlidir. Badiiy uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga olish bilan birga, unda o‘zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste'moldan chiqib ketgan tarixiy so‘zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatilaveradi. Badiiy uslub o‘quvchiga estetik zavq bag'ishlaydi. Demak, badiiy uslub orqali ro‘yobga chiqqan nutq ma'lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifasini bajarish)dan tashqari, o‘quvchiga ta'sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Obrazlilik va estetik ta'sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling