O‘quv mashg‘ulotining natijasi
Download 92.5 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy uslub.
Publitsistik uslub. Publitsistika davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televidenie, internet orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Publitsistik uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lish, hozirjavoblik, ta'sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Har bir xabarga ta'sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat va'da emas», «Chetlatilgan mutaxassis»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda fel`eton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo‘shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko‘zgusidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta'sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta'sirchanlik, adabiy til me'yorlariga qat'iy amal qilishdir.
Ilmiy uslub. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy terminlarning keng qo‘llanishi xos bo‘lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, darslik va qo‘llanmalar ham shu uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos terminlariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta'riflar, qoidalar, qonunlardir. Ilmiy uslub ham o‘z ichida ikki guruhga bo‘linadi: 1) sof ilmiy uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub.
Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling