O‘quv mashg‘ulotining natijasi


Download 92.5 Kb.
bet3/8
Sana21.11.2021
Hajmi92.5 Kb.
#176234
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu

Rasmiy-idoraviy uslub. Barcha qonunlar, prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog'ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi.Rasmiy ish qog'ozlari uslubi shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora o‘rtasidagi ijtimoiy unosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog'ozlarining bosh belgilaridir. Bu uslubda ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. Davlat hujjatlarida, rasmiy uslubda so‘zlar ko‘chma ma'noda ishlatilmaydi. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat'iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ish yuritish qog'ozlarida qo‘llaniladi.

Rasmiy uslub huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llanuvchi nutq uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo‘linadi:



1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi);

2. Idoraviy-devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimai hol, ishonchnoma, dalolatnoma);

3. Diplomatik uslub (nota, bayonot, bitim, konventsiya va boshqalar).

Uslub yaratuvchi vositalar. Avvalo, har bir uslub turini yaratuvchi vosita uning mazmunidir: badiiy tasvir - badiiy uslubni, ilmiy fikrlar (teorema, aksioma, qoida, ta'rif) - ilmiy uslubni, rasmiy munosabatlar - rasmiy uslubni, axborotlar - ommabop uslubni hosil qiladi. Shu bilan birga, har bir uslubni yaratuvchi leksik va grammatik vositalar ham bo‘ladi.



Muammoli savol

1-topshiriq. Quyidagi matnni barcha uslublarga o‘girib, bir xil mazmundagi har xil matn tayyorlang.

Bu voqea Amerikadagi kichik bir shaharda bo‘ldi. Tyuson maktabida “Matematikasiz kun” o‘tkazmoqchi bo‘ldilar. O‘sha kuni sanash, soat va kalendardan, ya'ni har qanday raqamdan foydalanish taqiqlandi. Shuning uchun maktabda tartib qolmadi. Kunning oxiriga kelib ishyoqmas o‘quvchilar ham matematikasiz yashash mumkin emasligini tan oldilar. Shuning uchun ular matematikani yaxshi o‘rganishga va'da berdilar.

2-topshiriq. Odamiylikning muhim fazilatlaridan biri xushmuomalalik, muloyimlikdir. Bu fazilatlar bevosita tilga, so‘zga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Zero, tilning ko‘rki, aql-zakovatning ziynati so‘zdir. So‘z muqaddas, u faqat ezgulik, yaxshilik uchun xizmat qilishi lozim. Yunon faylasuflarining ta'kidlashlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kishining bilimi, odobi uning so‘zlaridan yaqqol bilinib turadi.

O‘z mulohazalaringiz asosida “So‘z – buyuk va qudratli” mavzusida matn tayyorlang. Unda vizual axborotga ham alohida e'tibor qarating.

Mantiqiy savol:

1. Uslublar nima va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni nima bilan izohlanadi?


Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling