Amaliy ishlash uchun mashqlar
1-mashq. Berilgan gaplarning uslubiga e’tibor qarating.
Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi, u kichik duo barakasidan yoshlar umrbod bahramand bo‘ladilar. Odob hurmatsizlik tarafidan qilinishi mumkin bo‘lgan kamsitishdan odamni saqlaydi va kishilar eshigini hazil-mazaxdan bekitadi. Xalq hech qachon o‘g'lonlarni unutmaydi. Zehnli va sog'lom ulg'aygan bola hayotda saqlanmaydi. Musavvirning chizgilari hayot bo‘yog'ida aniq ifodalangan edi. Sening har bir ishing boshqalarga ibrat bo‘lishini unutma.
Ilm-fanda, ish yuritish va qonun ijodkorligida, ommaviy axborot vositalarida hamda siyosatda tilimiz turlicha namoyon bo‘ladi. Jamiyat hayotining yuqorida sanab o‘tilgan har bir jabhasida tilning barcha sathlarida – leksik, morfologik, sintaktik va matnda o‘zining farqli jihatlari bilan ajralib turuvchi o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos xili birikadi. Ushbu jihatlar nutqiy tizimlilikni hosil qiladi. Adabiy tilning bunday xili funksional uslub ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |