O`quv mashG`ulotining


Download 376.5 Kb.
bet37/38
Sana05.05.2023
Hajmi376.5 Kb.
#1426602
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
DARS REJASI-ma\'naviyat soati

Uchinchidan, amaldagi qonunchilik hujjatlarida «ibodat libosi» tushunchasining huquqiy ta’rifi mavjud emasligi sababli jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq Qonundan chiqarib tashlandi.
Shu bilan birga, amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan, davlat tashkilotlari va muassasalarida xodimlarning kiyinishiga oid talablar ularning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.
To’rtinchidan, diniy tashkilotni tuzish uchun talab etib kelingan MFY roziligini olish tartibi bekor qilindi. Diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari ortiqcha xat-hujjatlarni yig’ishdan xalos bo’ldilar.
Beshinchidan, bugungi kunda dunyoning ko’pgina mintaqalarida notinch vaziyat hukm surayotgani tufayli diniy omildan g’arazli maqsadlarda foydalanish kuchayib borayotganini inobatga olib, O’zbekiston hududida buzg’unchi g’oyalarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun diniy mazmundagi bosma, audio va video mahsulotlarni ekspertizadan o’tkazish dolzarb bo’lib qolmoqda.
Qonunda, jamiyatda turli yot qarashlarni targ’ib qilayotgan guruhlarning faoliyati, ular tomonidan tarqatilayotgan buzg’unchi g’oyalarning salbiy ta’siridan aholini himoya qilish maqsadida diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan keyin tayyorlash, olib kirish va tarqatish belgilab qo’yildi.
«Bundan tashqari, davlat idoralari tomonidan qonun normalari noxolis talqin qilinishi va turlicha qo’llanishining oldini olish maqsadida atama va tushunchalarga ta’riflar keltirildi, ular aniq va ravshan tarzda bayon etildi. Negaki, qonun atamalarining noto’g’ri talqin qilinishi natijasida turli tushunmovchiliklar, masalaga noxolis yondashuv holatlari vujudga kelishi mumkin, — deyiladi sharhda. — Shu kabi omillardan kelib chiqib, Qonunda har bir insonning Konstitusiyamiz bilan kafolatlangan huquqlariga mos ravishda, fuqarolarga diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmasligi qat’iy belgilandi».
Qayd etilishicha, ushbu qo’shimchalar jamiyatda turli konfessiyalar o’rtasida o’zaro do’stlik va hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, yuz berishi mumkin bo’lgan turli tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Diniy qarash va ta’limotlarning turlicha talqin qilinishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida 
Download 376.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling