O`quv mashG`ulotining


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev


Download 376.5 Kb.
bet34/38
Sana05.05.2023
Hajmi376.5 Kb.
#1426602
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
DARS REJASI-ma\'naviyat soati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimiga kirishganidan e’tiboran, mamlakat hayotini qiziqtirgan turli muhim voqealar munosabati bilan so‘zlagan nutqlari va Prezidentning rasmiy veb - saytidan olingan ma’lumotlari asosida Turkiyada, “Yangi O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan nom ostida kitob chop etildi. Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek va rus tillarida chop etilgan 3 jiltlik shu jumladan “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”, “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir”, “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” asari, ushbu kitobning eng asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev uch yil davomida boshqaruv uslubi va islohotlar haqida ma’lumot bergan ko‘plab muhim nutqlar so‘zladi. Tarixiy voqelik sifatida baholanuvchi bu nutqlar o‘zbek va rus tillarida kitob shaklida nashr etildi. Shuni ta’kidlash joizki, “Yangi O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” kitobi nashr etilgunga qadar Turkiyada O‘zbekistondagi ko‘p qirrali, keng qamrovli va tez suratdagi o‘zgarish va rivojlanish haqida yozilgan hech qanday asar yo‘q edi.
O‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot – matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan mazkur kitobning turk tilidagi birinchi nashri Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 1000 nusxada shu yilning fevral oyida Istanbulda chop etildi. U eng avvalo Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi ochilish marosimida yagona faxrli mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident Erdo‘g‘an tomonidan sovg‘a qilindi. Kitob, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari: Yangi O’zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar”, “Davlat inson uchundir: Xalq uchun xalq bilan birga”, “Qadimiy tarix, boy madaniyat, buyuk millat”, “Ozbekiston - Turk dunyosini birlashtiruvchi yangi kuchdir”, “Birdamlikdan kelib chiqqan buyuk kuch: Ozbekiston – Turkiya” degan nom ostida besh bo‘limdan iboratdir. Hajmi 216 sahifa bo‘lib, har bir sahifa rang – barang va mavzuga mos fotosuratlar bilan boyitilgan.
Kitob ustida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlar Bosh boshqarmasi va Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining Madaniyat va Targ‘ibot boshqarmasining tashabbusi bilan professor doktor Firat Purtash boshchiligidagi guruh faoliyat olib bordi. Matnlarni o‘zbek tilidan turk tiliga professor doktor Firat Purtash bilan doktorantura (Phd) talabasi Saida Burkhanidinova o‘girar ekan tahrir qilish ishlarini dotsent doktor O‘g‘uzhan Aydin o‘z zimmasiga olgan. Taqdimot kitobga Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tomonidan so‘z boshi yozilar ekan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan taqriz yozildi.
Prezident Erdo‘g‘an unda turk millati xotirasida o‘chmas iz qoldirgan Buxoro majlisi, Xoji Yo‘ldosh va hamrohlari shuningdek Cho‘lpon va Fitrat kabi o‘zbek munavvarlarini yodga olgan holda shunday deydi:
“Ushbu kitob O‘zbekiston Prezidenti, qadrli birodarim Shavkat Mirziyoyev timsolida, o‘zini xalqiga xizmat qilishga atagan O‘zbekistonning barcha qahramon farzandlariga bag‘ishlanadi...”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19 - 20 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘lar ekan tashrifining ikkinchi kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tashabbusi bilan Prezident qarorgohi yonida bunyod etilgan poytaxtdagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etgandi. Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda nomi tilga olingan kitobxonaning kitob fondiga 350 dan ziyod turli mavzudagi noyob kitoblarni sovg‘a qilib, ochilish marosimida nutq so‘zlagan.
Kutubxonaning ochilish marosimiga Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan butun dunyodan ikki mingga yaqin mehmon taklif qilingan. Ular orasida olimlar, yozuvchilar, ta’lim va madaniyat namoyandalari, davlat va jamoat arboblari ham bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa Turkiya Prezidenti tomonidan taklif etilgan oliy darajadagi yagona mehmon bo‘ldi.

Download 376.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling