O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Download 0.95 Mb.
bet17/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

Qavm-qarindoshlik terminlari. Qadimgi turkiy bitiglar tilida uchraydigan yaqinlik yoki qavm-qarindoshlik tushunchasini bildiradigan so‘z-terminlar ham ma’lum bir sharoitda paydo bo‘lgan. Bular davrlar o‘tishi bilan rivojlanadi, o‘zgaradi va adabiy shaklga siljiydi. Aniqrog‘i, oila, nikohning yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan qarindoshlik terminlarining doirsi ham o‘zgaradi. Natijada faol qollangan leksema turli omillar bois arxaiklashib qolishi, u o‘rnini boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga boʻshatib berishi mumkin.
Yozma bitiglar tilida qaŋ – ota (KT), ög – ona (Kt), siŋil – singil (Kt), oğul – farzand (KT), ini – uka (KT), äkä– opa (KT), äči – amaki (E) singari qavm-qarindoshlik tushunchasini bildiradigan terminlar uchraydi.
VI-XI asr bitiglarida “ota” ma’nosida ata, qaŋ kabi terminlar ishlatilgan, XI-XII asrlarda ata leksemasi qatori Tibet tilidan oʻzlashgan aba istilohi ham qoʻllanishda boʻlgan. Ushbu soʻzni “ajdodlar” ma’nosidagi arabcha aba oʻzlashmasidan farqlash kerak.
VI-X asrlarda “ona” ma’nosi ög, ana soʻzlari bilan berilgan, X-XIV asrlarda esa aba, apa, ana istilohlari ham ayni ma’noda qo‘llangan. Ana termini asosan farzandli ayollarga nisbatan qollangan, keyingi davrlarda semantik doirasi kengaygan.
VI-XI asrlarda äči/eči termini “aka, ogʻa” ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa, äkä/ekä leksemasi “opa, xolani” ifodalagan.
Ini termini akasiga nisbatan yosh jihatdan kichik bo‘lgan kishiga nisbatan ishlatilgan. Bu terminning qarindosh ma’nosi keyinchalik voqelangan.
Urï termini “o‘g‘il”, oğïl esa “farzand” ma’nosida ishlatilgan, VI-X asrlarda urï oğul juft istilohi XI asrda urï oğlan tarzida qollangan.
Qïz termini ayol jinsiga mansublikni ifodalaydi. Oʻrxun yodnomalarida qïz oğïl “qizlar” ma’nosini ifodalagan. X-XIV asrlarda esa bu so‘zning ma’nosi kengaydi va “farzandlar” ma’nosini kasb etdi.
Siŋil termini X asrgacha va undan keyin yaratilgan yozma obidalarda ham sinil, siŋil fonetik ko‘rinishlarda uchraydi. Bu termin oilada akalaridan keyin tug‘ilgan qizga nisbatan ishlatilgan.
VI-XIV asrlarda är (er) so‘zi “erkak kishi”,“jangovar, mard” ma’nolarida ishlatilgan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling