O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toponimlar.
- Gidrotoponimlar.
I. O‘z qatlam. Qadimgi turkiy tilning asosiy soʻz boyligini, shubhasiz, turkiy tilga xos bo‘lgan qatlam tashkil qiladi. Bu qatlam hozirgi turkiy tillarning barchasiga tegishli bo‘lgan leksemalardir.
Qadimgi turkiy tilda toponimlar, etnonimlar, zoonimlar, tabiat hodisalari, mansab, qarindoshlikni bildiruvchi leksemalar, harbiy terminlar, astroponimlar, kiyim-kechak nomlari kabi mavzui guruhga oid so‘zlar qo‘llangan. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalamiz. Toponimlar. V-X asrlardagi obidalarda anchagina joy nomlari uchraydi. Mazkur toponimlar o‘sha davrlarda yashagan turkiy xalqlarning kundalik moddiy, madaniy turmush tarzi, ularning qayerlarda istiqomat qilganliklari, kasb-hunari, etnik sostavi haqida ma’lumot beradi. biriglarda quyidagi toponimlar uchraydi: Čuğay, Šantuŋ, Kögmän, Tämir qapïğ, Qïtan (To‘n.), Ötükän yïš, Tuput, Yär bayïrqu, Purum, Tabǧač (KT) va boshqalar. Bularning leksik-semantik xususiyatlari diqqatga molik: Ba’zi toponimlar biror narsa - predmetning rang-tusiga qarab qo‘yilgan. Masalan: Qaraqum (KT), Qïzïlqum (KT), Qara köl (KT), Yäšil ögüz (KT). Etnonimlar, ya’ni urug‘ va qabilalarning nomidan joy nomlari hosil bo‘ladi: Türk (KT), Qïrqïz (KT), Tabǧač (To‘n), Oğuz (KT), Az (To‘n) va boshqalar. Tomonlarni ifodalovchi toponimlar: Oŋ- oʻng tomon, sharq, Qurï- g‘arb, Biri -janub (To‘n), Yïra - soʻl tomon, shimol (To‘n). Tog‘lik joylarni bildiradigan toponimlar: Qadïrqan yïš– Qadirqan vodiysi, Ötükän yïš- Ötükän vodiysi (To‘n). Gidrotoponimlar. Qadimgi turkiy tilning lug‘at boyligida gidrotoponimlarni bildiradigan leksemalar ham anchagina. Bunday gidrotoponimlarga Säläŋä – Selenga daryosi (KT), Yinčü ögüz– Sirdaryo (Toʻn), Ärtis ögüz – Irtish daryosi (Toʻn) kabilarni ko‘rsatish mumkin. VI-X asrlarda daryo nomiga ögüz so‘zi qo‘shib ishlatilgan: Taluy ögüz – dehgiz, ummon, Yašïl ögüz – Xuanxe daryosi (KT), Käm ögüz (Mch), Toğla ögüz – daryo nomi (Toʻn), Yar ögüz - daryo nomi (Mch) va boshqalar. Dengiz, ko‘l nomiga köl so‘zini qo‘shib ishlatilgan: Türgiyarğun köl –dengiz nomi (KT), Qara köl - koʻl nomi (KT). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling