O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yonma-yon kelgan undoshlarni ifodalovchi harflar LT
- Singarmonizm
R sonori oʻrxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar hamda qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda re ر harfi yordamida qayd etilgan. Sirg‘aluvchi, til oldi vibrant tovush, turkiy so‘zlarning boshida kelmaydi. Qaltiroq yoki vibrant undosh deb til uchining titrashi natijasida vujudga kelgan tovushga aytiladi: arqïš “karvon” (BX), qurïğaru “g‘arbga” (KT), yağïz yer “qo‘ng‘ir yer” (KT).
N undoshi oʻrxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar, qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda nun ن harfi orqali ifodalangan. Bu tovush til oldi, portlovchi, sonor, nazal bo‘lib, so‘z boshida kamroq, boshqa o‘rinlarda ko‘proq uchraydi: näŋ “narsa” (KT), ana “ona” (Toʻn), tümän “o‘n ming” (BX). Ŋ sonori oʻrxun-yenisey xatida maxsus harf, uyg‘ur va arab yozuvlarida nun ن va kof ک harflari orqali ifodalangan. Sirg‘aluvchi, burun tovushi, so‘z o‘rtasi va oxirida qo‘llanadi8: köŋül “ko‘ngil” (Ton), küŋ boltï “joriya bo‘ldi” (KT), bïŋ “ming” (Toʻn). Yonma-yon kelgan undoshlarni ifodalovchi harflar LT: qul boltï “qul bo‘ldi” (KT), baltu “bolta” (Oltun yorug‘), yoltuz “yulduz” (KT). NT: yont “ot” (MCh), käntü “o‘z” (KT), küntüz “kunduz” (Toʻn). NČ: qunčuy “malika” (E), sančdi “sanchdi” (KT), unč “mumkin” (Toʻn), bišinč “beshinchi” (MCh). RT: art “ort, tepalik” (Toʻn),tart- “tortmoq” (Oltun yorug‘), tort “to‘rt”(Oltun yorug‘). Singarmonizm Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuni amaldagi qonuniyat bo‘lgan. Bu davrda birinchi bo‘g‘inning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra so‘z yoki butun bir jumla qattiq yoxud yumshoq talaffuz qilingan. Singarmonizm deb so‘zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o‘zakka qo‘shimchalarning talaffuz jihatdan uyg‘unlashishiga aytiladi. Masalan: körür közüm körmäztäg, bilir biligim bilmäztäg boltï. Qadimgi turkiy tilda singarmonizmning ikki qonuni mavjud boʻlgan: 1) tanglay uyg‘unligi yoki palatal attraksiya; 2) lab uygunligi yoki labial attraksiya. Tanglay uyg‘unligi so‘zdagi tovushlarning bir-biriga va qo‘shimchalarning o‘zakka qator va qalin-ingichkalikda moslashuvidir: Alqïntï (tugadi) älig (elni, davlatni) Oğuzğaru (o‘g‘uzga) ilgärü (oldinga) Barïğ (borish) bilig (bilim) Lab uyg‘unligi birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘g‘indagi unlining yoki o‘zakdagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvidir. atïm (otim) küčüg (kuchni) bodun (xalq) közüm (ko‘zim) älimiz (davlatimiz) sümüz (lashkarimiz) Demak, singarmonizm qonunida so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi unli fonemaqanday bo‘lsa, qolgan bo‘g‘inida ham shu unli fonemaga moslashadi, ya’ni so‘zning birinchi bo‘g‘inida til orqa unlisi bo‘lsa, uning hamma bo‘g‘inlarida ham til orqa unlisi bo‘ladi. So‘zning birinchi bo‘g‘inida til oldi unlisi bo‘lsa, qolganlarida ham til oldi unlisi bo‘ladi. Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuniyatining ba’zan tanglayyokilab garmoniyasi buzilganligi ham kuzatiladi, biroq uning qattiq-yumshoqligihardoim saqlanib qoladi. Yopiq bo‘g‘inli so‘zlarda lablangan unlilarning ishlatilishi doimiy hodisa sifatida saqlanib qoldi. Singarmonizm hodisasi hozirgi bir guruh turkiy tillarda to‘la aks etgan bo‘lsa- da, boshqa bir guruh turkiy tillarda kuchsizroq xususiyatga ega. Turkiy tillarda singarmonizm qonuni mavjudligini birinchi bo‘lib Koshg‘ariy tasdiqlagan. U turkiy so‘zlarning o‘zak xarakteriga qarab qattiq o‘zakli so‘zlarga qattiq affikslar, yumshoq o‘zakli so‘zlarga yumshoq affikslar qo‘shilishini aytib o‘tgan. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling