O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Download 0.95 Mb.
bet18/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

Harbiy terminlar VI-X asrlardagi urug‘ va qabilalarning turmushi, siyosiy-harbiy ahvolini ma’lum darajada aks ettiradi: Harbiy xizmatga aloqador shaxslar, qo‘shinning sostavini ifodalovchi terminlar: sü “qo‘shin”, atlï “suvoriy, otliq”; yärči “qo‘shinga yo‘l ko‘rsatib boruvchi”, yäzäk “soqchi”, yaraq//yarïq “sovut”, täblig “hiylakor” (KT), süŋüg “nayza” (To‘n).
Inson tana a’zolari nomlari: adaq “oyoq” (TT), aya “kaft” (Oltun yorugʻ), yüräk “yurak” (E), boyun “boʻyin”, köz “koʻz”, baš “bosh” (Oltun yorugʻ) va h.k.
Shaxs tushunchasini ifodalovchi so‘zlar: “o‘rtoq” (E), yağï “dushman” (Toʻn).
Inson qo‘li bilan yaratilgan narsa-predmetlarni anglatuvchi leksik birliklar: boqağu “kishan” (TT), ew “uy” (TT), ton “kiyim” (KT), közŋü “oyna” (Oltun yorugʻ).
Mavhum tushunchalarni bildiruvchi leksemalar: ög “aql” (TT), al “hiyla” (TT), idi “ega, sohib” (KT), bulun “tutqun, asir” (Mon), yazuq “gunoh” (TT).
Xalqning ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan aloqador tushunchalarni anglatuvchi leksemalar: beg “bek, hukmdor” (E), küŋ “joriya” (KT), tamğa “muhr” (TT), qan “xon” (Toʻn).
Savdo va pul munosabatlarini ifodalovchi so‘zlar: arqïš “karvon; chopar” (TT), baqïr “mis tanga” (E), asïğ “foyda” (TT), satïğčï “sotuvchi” (Oltun yorugʻ), kümüš “kumush tanga” (BX).
Harakat va faoliyatning xususiyati bilan bog‘liq so‘zlar: ay-“aytmoq” (Toʻn), anut-“tayyorlamoq” (Oltun yorugʻ), ağ-“oshmoq, chiqmoq” (BX), ïd-“jo‘natmoq” (BX), udï-“uxlamoq” (Toʻn), yan-“qaytmoq” (Toʻn).
Sinonimlar.V-X asrlarda yaratilgan yozma obidalarda sinonimlar uyasi aks etgan. Bu hodisa qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining rang-barang bo‘lganligidan dalolat beradi. Sinonimlar turli stilistik maqsadlarda qo‘llanganligi bilan xarakterlanadi: ana (Oltun yorugʻ) – ög “ona” (E), äl – bodun “xalq” (Toʻn), yoğanqalïn “katta, yogʻon” (Toʻn), kiši – är “odam, kishi” (KT), uzun tonluğ – tiši (TT)– tiši kiši-iši-išilär “ayol” (Oltun yarugʻ).

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling