O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Download 0.95 Mb.
bet36/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

1. Kishilik olmoshi. Kishilik olmoshlari qadimgi turkiy tilda quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan: I shaxs birligi – män, bän, II shaxs birligi – sän, III shaxs birligi – ol; I shaxs ko‘plik - biz, bizlär, II shaxs ko‘plik – siz. Bu forma ba’zan II shaxs birlik ma’nosida qo‘llanib tinglovchiga nisbatan hurmat bildiradi. III shaxs ko‘pligi - olar, anlar. XII-XIV asrlarda ham, asosan, olar, anlar formalari qo‘llangan. XV asrdan e’tiboran alar shakli qo‘llanishga kirgan.
III shaxs -ol olmoshi egalik va kelishik affikslari bilan turlangan va ko‘plik qo‘shimchasini olganda an, än shakliga ega boʻlgan, ya’ni uning tarkibida fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi. Masalan:

2. O‘zlik olmoshi. Qadimgi turkiy tilda öz dan tashqari, käntü (kändü) so‘zi ham ishlatilgan. Öz aslida ot bo‘lib, «nafs» va «jon» ma’nolarida ishlatilgan. O‘zlik olmoshi ma’nosi va grammatik xususiyatlari jihatidan hozirgi turkiy, jumladan, o‘zbek adabiy tilidagi o‘zlik olmoshidan farq qilmaydi.
Öz olmoshi aniqlovchi vazifasida kelib, aniqlanayotgan narsa-predmetning ma’lum shaxsga qarashliligi, xosligini ta’kidlaydi: Özüm qarï boltïm “ozim qaridim” (Toʻn).
3. Ko‘rsatish olmoshlari. VI-X asrlarda ko‘proq ol, bu, anta, bol, anï kabi ko‘rsatish olmoshlari ishlatilgan. Bu olmoshlarning vazifasi turlicha bo‘lgan. Misollar: …bu sabïmïn ešid! “bu sozimni eshit” (KT). Bu yerdä olurup…“bu yerda oʻtirib” (KT). Anta ko‘rsatish olmoshi oša, ošanda, ošanday, šu kabi olmoshlar o‘rnida qo‘llanilgan.
4. So‘roq olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda kim, nä, qanï, qay, qanta, qač, qačan, nälük, nätäk, näčük kabi so‘roq olmoshlari ishlatilgan.
5. Birgalik olmoshlari. Birgalik olmoshlari ot, sifat va son o‘rnida kelib, narsa - predmet miqdori, sanog‘ini bildirgan. Qadimgi turkiy tilda qamuğ, alqu, barča, bütün, qop “barcha, hamma” kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling