O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 4-MA’RUZA. QADIMGI TURKIY TIL SINTAKSISI: SO‘Z BIRIKMASI VA GAP. Reja: 1. Qadimgi turkiy tilda so‘z birikmasi. 2. Qadimgi turkiy tilda teng bog‘lanish.
Savol va topshiriqlar:
1. Turkiy tillarning o‘zaro mushtarak jihatlari haqida gapiring. 2. O‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi. 3. O‘zbek adabiy tili rivojida boshqa oilaga mansub tillarning o‘rni. 4. Turkiy tillarning boshqa tillarga ta’siri to‘g‘risida fikr yuriting. 5. Qadimgi turkiy tilning manbalarini bayon qiling. 6. Qadimgi turkiy leksemalarning o‘zbek adabiy tilida qo‘llanishi xususida ma’lumot bering. 7. Qadimgi va eski turkiy tilda tayanch dialekt masalasi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек халқи ва тилининг шаклланиши ҳақида.-Т., 1999. 2. Абдураҳмонов А., Рустамов А. Қадимги туркий тил. -Т.: Ўқитувчи, 1982. 3. Abdushukurov B. Qadimgi turkiy til. - Т.: Navoiy universiteti, 2019. 4. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. Ўқитувчи. 1995. 5. Носиров Ў. Ўзбеклар шажараси. - Т., 2010. 6. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009. 7. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006. 8. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: Ўқитувчи, 1994. 4-MA’RUZA. QADIMGI TURKIY TIL SINTAKSISI: SO‘Z BIRIKMASI VA GAP. Reja: 1. Qadimgi turkiy tilda so‘z birikmasi. 2. Qadimgi turkiy tilda teng bog‘lanish. 3. Qadimgi turkiy tilda tobe bog‘lanish. Asosiy tushunchalar: sintaksis, teng bogʻlanish, tobe bogʻlanish, so‘z birikmasi, otli birikma, fe’lli birikma, bitishuv, boshqaruv, moslashuv, koʻmakchili boshqaruv, kelishikli boshqaruv. Qadimgi turkiy til o‘zbek va boshqa ko‘p turkiy tillarning shakllanishida asos bo‘lgan. Ammo bu tilning o‘zi ham muayyan taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma’lum bir qolipga tushgan. Har qanday tilning qurilishi asta-sekinlik bilan taraqqiy etadi, o‘zgaradi. Qadimgi turkiy tilning tuzilishi, sintaktik strukturasi bilan hozirgi zamon o‘zbek va boshqa turkiy tillarning tuzilishi o‘rtasida ko‘p o‘xshashlik va shu bilan birga, farqli tomonlar bor. Bu holat tilning bir-bir yarim ming yillik taraqqiyoti natijasidir. Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, “biriktirish”, «bog‘lash» ma’nosini bildiradi. Sintaksis so‘zlarning va gaplarning o‘zaro bog‘lanish tizimi, tartibi, ularning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Mahmud Koshg‘ariyning hozircha topilmagan “Kitobi javohir un-nahv fi-l-lug‘at it-turk” nomli asarida turkiy tillar sintaksisi haqida bahs yuritilgan. So‘zning muayyan til qonuniyatlari asosida o‘zaro birikuvidan so‘z birikmasi va gaplar hosil bo‘ladi. So‘z birikmalari va gaplar shakliy xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra farqlanadi. So‘zlarning o‘zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi. 1.Teng bog‘lanish – ikki so‘zning o‘zaro teng munosabatlar asosida birikishi: adïğlï toŋuzlï – ayiq va toʻngʻiz, turuq buqalï semiz buqalï – oriq va cemiz buqa.Teng bog‘lanish o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida yuzaga keladi. 2. Tobe bog‘lanish – bir so‘zning boshqa so‘zga tobelik asosida bog‘lanishi: türk bodun – turk xalqi, altunluğ örgin – oltin taxt. Tobe bog‘lanish ikki qismdan iborat bo‘ladi: tobe qism va hokim qism. So‘roq bog‘lanib kelgan qism hokim, so‘roqqa javob bo‘lib kelgani tobe qismdir: kök täŋri - koʻk osmon, otluğ tamu - oʻtli doʻzax. So‘zlarning tobelanish asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi. So‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi, ammo kengaygan bir tushunchani ifodalaydi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling