O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabab ergash gapli qoʻshma gap .
- Shart ergash gap
- Bir necha ergash gapli qoʻshma gaplar
Payt ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmunning ro‘y berish vaqtini ifodalaydi va bosh gapga o‘rin–payt, chiqish kelishigi shakli orqali bog‘lanadi: Äčim qağan qamšağ boltuqïnta,bodun ölüg iglig boltuqïnta Izgil bodun birlä süŋüshdimiz – amakim xoqonning davlati zaif boʻlganda, xalq oʻlib, kasal boʻlib turganda Izgil xalqi bilan jang qildim; Üzä kök täŋri asra yağïz yär qïlïntuqda, äkinar akisi oğlï qïlïnmïs –Yuqorida koʻk osmon, pastda qoʻngʻir yer yaratilganda ikkisining oʻrtasida inson bolasi yaratilgan (KT).
Sabab ergash gapli qoʻshma gap. Sabab ergash gapni tashkil etgan gap bosh gapdan anglashilgan harakat-holatning ro‘y berish sababini bildiradi, ergash gapni bosh gapga bog‘lashda üčün ko‘makchisi xizmat qiladi. Bunda ergash gap kesimi sifatdosh yoki ot, sifat orqali ifodalanadi. Masalan: Täŋri yarlïqaduq üčün öküš täyin biz qorqmadïmïz süŋüšdimiz –Tangri yorlaqagani uchun koʻp, biz qoʻrqmadik, jang qildik (Toʻn); Täŋri küč bärtük üčün qaŋïm qağan süsi böritäg ärmis – Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning qoʻshini boʻriday ekan (KT). Shart ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmun qanday shart-sharoitlarda ro‘y berishini ko‘rsatadi va kesimi shart fe’li yoki ot bilan ifodalanadi: Üzä täŋri basmasar, asra yär tälinmäsär, türk bodunäliŋin törüŋin artatï? – Tepadan osmon bosmagan boʻlsa, pastda yer yorilmagan boʻlsa, turk xalqi eling, qonun-qoidangni kim buzdi? (KT); Ältäriš qağan qazğanmasar, udu bän özüm qazğanmasar, äl yämä, bodun yämä yoq ärtäči ärti – Eltarish xoqon (gʻalaba) qozonmasa, soʻngra men oʻzim qozonmasam, el ham, xalq ham yoq boʻlar edi (Toʻn). Bir necha ergash gapli qoʻshma gaplar. Qadimgi yodnomalar tili ma’lum darajada shakllangan yozma adabiy til edi. Shuning uchun ham bu yodnomalarda qo‘shma gapning turli shakllari -bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar, ergash va bog‘lovchisiz gaplarni o‘z ichiga olgan murakkab tarkibli qo‘shma gaplarqo‘llaniladi: Ältäriš qağan qazğanmasar, yoq ärtiärsär, bän özüm Bilgä Tonyuquq qazğanmasar, bän yoq ärtim ärsär Qapağan qağan türk sir bodun yärintä bod yämä kiši yämä idi yoq ärtäči ärti – Eltaris xoqon qozonmasa, yo‘q bo‘lsa, men oʻzim Bilga Toʻnyuquq qozonmasam, men yoq bolsam, Qapagʻan xoqon, turk sir xalqi yerida urugʻ ham, kishi ham, ega ham yo‘q bo‘lgan bo‘lardi (Toʻn). Tarkibi turli tipli konstruksiyalardan tuzilgan murakkab tarkibli qo‘shma gaplar uchraydi: Yuyqa ärklig topulğalï učuz ärmis, yinčgä ärklig üzgäli učuz, yuyqa qalïn bolsar, topulğuluq alp ärmis, yinčkä yoğan bolsar, üzgülük alp ärmis – Yupqa narsa yengishga oson emish, ingichka narsa uzishga oson, yupqa qalin bo‘lsa, to‘plovchi bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzuvchi bahodir emish (Toʻn). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling