O’quv materiallari 12- mavzu


Download 269.1 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi269.1 Kb.
#1039882
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-maruza


O’QUV MATERIALLARI
12- Mavzu: Elektrokardiografiyaning fizik asoslari.

Reja:

1. Yurak biopotensialini o’lchash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar.
2. Eyntxovenning tarmoqlanish nazariyasi.
3.Elektrokardiograflarni klassifikatsiyasi. Tuzilishi va ishlash printsipi.
4. Elektrokardiograflani qiyoslash metodikasi va uni olib borish tartib-qoidalari.
5. Elektrokardiograflani boshlang’ich va davriy qiyoslash.
6. Elektrokardiograflani o’lchаshdagi xаtоliklаrini aniqlash.


Tayanch so’z va iboralar:Elektrokardiografiya, Elektrokardiograf,Kuchlanganlik. Potensial. Biopotensial, Yurak biopotensiali, Eyntxovenning tarmoqlanish nazariyasi, Elektrokardiograflarni tuzilishi, Elektrokardiograflarni ishlash printsipi.

1. Yurak biopotensialini o’lchash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar.


Yurakning mushaklaridagi elektrik biopotesiallarni hosil bo’lishi hujayra membranasi orqali ionlar harakati bilan bog'liq. Asosiy biopotesiallarni natriy va kaliy kationlarining ko’chishi bilan bog’langan. Hujayra ichidagi kaliyning miqdori hujayradan tashqaridagi kaliyning miqdoriga nisbatan ancha ko’p, hujayra ichidagi natriyning konsentrasiyasi esa, aksincha, hujayradan tashqarisidagiga nisbatan kamroq bo’ladi. Organizm dam olish paytida miyokard hujayralarining tashqi yuzasida natriy kationlarining ko’pligi musbat zaryadga ega bo’ladi, hujayra membranasining ichki qismida esa anionlarning (Cl, HCO3 va boshqalar) ko’pligi tufayli manfiy zaryadga ega bo’ladi.
Hujayra bunday sharoitda qutblangan (polyarizatsiya ) xolatida bo’lganligi uchun hech qanday biyopotesialga ega bo’lmaydi. Hujayra ichidagi organizm tinch xolatidagi biopotensialning miqdori 90 mV ni tashkil qiladi. Tashqi elektrik impul’slarini hamda hujayraning ichki va tashqi qismlaridagi kation va anionlar konsentrasiyalari farqi hisobiga hujayra membranasining o’tkazuvchanligi ortadi. Ana shu konsentrasiyalarning farqi asosida hosil bo’lgan elektrik biopotesiallarni elektrokardiograflar yordamida qayd qilinadi va taxlil qilinadi.

Download 269.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling