O’quv materiallari 12- mavzu
Uch kanalli elektrokardiograflar
Download 269.1 Kb.
|
12-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olti kanalli elektrokardiograflar.
Uch kanalli elektrokardiograflar. Uch kanalli elektrokardiograflar termoprinter bilan jihozlangan bo‘lib, yurak biopotensiali bo‘yicha aniqroq natijani olish va o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Uch kanalli elektrokardiograflar quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga va afzalliklariga ega:
- hamma hisoblashlar avtomatik rejimda bajariladi; - mutaxassis vrachlar uchun elektrokardiografni ishlashini nazorat qilish shart emas; - termoprinter yurak biopotensialini qog‘ozga tushirib berishdan tashqari bemor haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib beradi (f.i.sh., kasallik tarixi va xokazolar); - undagi elektrofiltr yordamida tekshirish amplitudasini aniqlash va boshqarish mumkin; EKG yordamida olingan natijalarni kompyuterga o‘tkazish va taxlil qilish mumkin; - EKG apparati yordamida denfibrilyasiya qilish mumkin; - Ishlab chiqaruvchilar: Rossiya, Yaponiya, Shvetariya, Vengriya. Olti kanalli elektrokardiograflar. Olti kanalli EKG lar ko‘chma xolatlarda ishlatish, hamda ko‘proq funksiyani bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, statsionar xolatda, xarbiy gospitallarda, kardiologiya markazlarida ishlatiladi. Uch kanalli elektrokardiograflarning afzalliklari: - natijani avtomatik ravishda, tezkor usulda qog‘ozga tushirib beradi; - bir marta zaryadlangan EKGning akkumuluatori yordamida 150 ta bemorda tekshirish o‘tkazish mumkin; - EKG qattiq disk bilan jihozlangan bo‘lib, uning xotirasida minglab natijalarni saqlash mumkin; - EKG ni ishlatish juda qulay bo‘lib, uni xatto uy sharoitida ham ishlatish mumkin; - monitorida zaryadini va qog‘ozni tugayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatib beradi. “Cardioline AR 1200 view” ешзшвфпш 6-kanalli elektrokardiograf ko‘p kanalli elektrokardiograflar qatoriga kiritilib universalligi, pishiqligi keng modernizatsiyaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Cardioline AR 1200 view tipidagi yangi model elektrokardiograflari simsiz xolda ishlatilib kompyuterga ulanishi mumkin. Bu elektrokardiograflar olingan natijalarni effektiv va samarali taxlil qilish bilan birga bir vaqtning o‘zida olingan natijalarni qog‘ozga tushirib beradi. Download 269.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling