Differensiatsiya – (lot. differentiafarqlash, har xillik); taqsimlanish, nimanidir alohida turli xil unsurlargaajralishi, bo‘laklarga bo‘linish.
Dualizm – (lot.) ikki taraflamalik (shuningdek, falsafadagi dunyo asosida ikkita mustaqil bosh sabab – ruh va modda, ideallik va moddiylik mavjud degan qarashlar haqidagi ta’limot).
Evropotsentrizm G‘arbiy Yevropa madaniyati butun insoniyat uchun na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko‘ra G‘arbiy Yevropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
Jazo – huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan ma’naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog‘liq bo‘lgan majburlov chorasi.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig‘indisi. Jamiyat tarixiy, moddiyma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzumaqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |