Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari – o‘z oldida Internet tarmog‘ida ommaviy axborot vositasi (OAV) funksiyalarini bajarish vazifasini qo‘yuvchi nodavlat tusdagi ro‘yxatga olingan vebsaytlari.
Okkultizm, fr. occultisme, nem. Okkultismus < lat. occultus – sirli, yashirin, dunyoning yashirin, g‘ayrishuuriy, ilmiy tafakkurga sig‘maydigan, ammo “tanlangan”, “taqim etilgan”largagina nasib etuvchi qudrati haqida notabiiy qarash.
Ommaviy axborot vositalari – keng ko‘lamda axborotni yig‘ish, ishlash va tarqatishni ta’minlovchi ijtimoiy institutlar va kanallar (matbuot, kitob nashriyotlari, matbuot agentliklari, radio, televidenie va h.k.).Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir. «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida.(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 3son, 20modda)
Parlament ingl. parlament, frans. parlergapirmoq va so‘zlamoq; parlament oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi hisoblanadi.
Parlamentdagi ko‘pchilik–O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |