Millatlararo munosabatlar — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o‘rtasida amalga oshadigan turlituman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, o‘zbek millati va shu bilan birga o‘zlarining o‘rtasida ko‘p yillarga mo‘ljallangan ezgulik, ishonchlilik, do‘stonalik, yakdillik, qarindoshlik, ma’naviyaxloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini ifodalaydi.
Millatchilik bu millat ayirish, bir millatni har tomonlama ulug‘lab, boshqalarining huquq, ehtiyoj va manfaatlarini nazarpisand qilmaslik, ularni erga urishdan iborat bo‘lgan nodemokratik mafkura.
Milliy g‘oya – ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzuintilish va umidmaqsadlari yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |