Modernizatsiyalash fran. modernizerzamonaviy; zamonaviylashtirish, hozirgi davr talablari, tarzi va didiga mutanosib ravishdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish.
Mulk ob’yektlari mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk sub’ektlari mulk ob’yektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Mulkdan foydalanish molmulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish molmulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulkchilik munosabatlari mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Munitsipal boshqaruv ingl. municipal o‘zini o‘zi boshqarish; bu boshqaruvning nisbatan nomarkazlashgan shaklidir. SHu bilan bir vaqtning o‘zida u fuqarolik jamiyatining instituti hisoblanadi. Bunday boshqaruv organlarining asosiy belgilari, ularning saylanishligi va o‘z hududidagi aholi manfaatlari asosida mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqillik.
Munitsipalitet fran.municipaliteshahar o‘zini o‘zi boshqarish organi; ko‘pchilik mamlakatlardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |