O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
Download 1.72 Mb.
|
2 5282874318848527501
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Jamoatchilik nazorati tizimi va mohiyati
Tayanch so‘zlar: jamoatchilik, jamoatchilik nazorati, fuqarolik nazorati, ijtimoiy nazorat, davlat nazorati, jamoatchilik nazoratining sub’ektlari, jamoatchilik nazoratining shakllari, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik surishtiruvi, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik kuzatuvi.
1. Jamoatchilik nazorati tizimi va mohiyati Jamoatchilik nazorati juda qadim zamonlardan buyon mavjud. Masalan, ibtidoiy jamoada shaxs xulqini jamoa nazorat qilgan. Agar shaxs xulqatvorida jamoa tomonidan qabul qilingan me’yorlardan og‘ish bo‘lsa, jamoa a’zolari turli sanksiyalar yordamida uning xulqini tegishli tomonga o‘zgartirgan. Jamoatchilik nazorati genezisiga mamlakatimiz misolida e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u uzoq tarixiy ildizlarga ega. CHunonchi, u azalazaldan mahallalar, oqsoqollar kengashi ko‘rinishlarida amal qilib kelgan. Xususan, O‘zbekistonda qadimdan o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lgan mahalla instituti nazoratchilik funksiyalarini ham bajargan. Bunday funksiyani mahalla jamoasi yuqoridan tushirilgan farmonlar, buyruqlar va boshqa huquqiy me’yorlarga munosabat bildirish shaklida ifodalagan. Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo‘lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fanga ijtimoiy psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulqatvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo‘llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu tushunchaning mazmuni ancha kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari tufayli yuz berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulqatvorini ijtimoiy me’yorlarga mos keltirish maqsadida o‘tkaziladigan ta’sirni anglatadi. Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulqatvorga ta’sir o‘tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. YUqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, jamoatchilik nazorati ijtimoiy tizimning o‘zini o‘zi tartibga solish usulidir. Mazkur usul huquqiy me’yorlar yordamida hamda mazkur tizimning tarkibiy qismlari orqali tartib va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. Jamoatchilik nazoratining xarakteri, mazmuni, yo‘naltirilganligi mazkur ijtimoiy tizimning xarakteri, mohiyati va tipi bilan belgilanadi. Jamoatchilik nazorati ibtidoiy, arxaik jamiyatlarda hozirgi rivojlangan industrial jamiyatlardagiga nisbatan mutlaqo o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Arxaik jamiyatlarda u sodda tuzilmaga ega bo‘lsa, industrial jamiyatlarda murakkab tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan avval jamoatchilik nazorati tushunchasining turdosh tushunchalar bilan umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda jamoatchilik nazorati, ijtimoiy nazorat, fuqarolik nazorati kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda.
– birinchidan, mazkur nazorat turi fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshiriladi; – ikkinchidan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari muhofazasini ta’minlaydi; – uchinchidan, ushbu nazoratning asosiy ob’ekti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati hisoblanadi; – to‘rtinchidan, o‘zida fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari manfaatlarini uyg‘unlashtiradi, jamoatchilik fikri va kuchiga tayanadi.
Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling