Jamoatchilik nazorati muayyan shakllarda olib boriladi. Jamoatchilik nazorati shakllari xilma xil bo‘lib ularning asosiylari quyidagilar:
davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;
davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;
jamoatchilik muhokamasi;
jamoatchilik eshituvi;
jamoatchilik monitoringi;
jamoatchilik ekspertizasi;
jamoatchilik fikrini o‘rganish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.
Jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin118.
Jamoatchilik nazoratining yuqorida keltirilgan shakllarini yanada takomillashtirish va yangi zamonaviy shakllarini milliy amaliyotga joriy etish ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda yuzaga keladigan huquqiy ehtiyojlarni aniqlashga, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining samaradorligini oshirishga, eng muhimi, bevosita fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish mexanizmining yanada takomillashuviga xizmat qiladi, deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |