O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari:Muammoli metod, ko‘rgazmali metod 
(slaydlar asosida), aqliy hujum. 
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim 
tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama 
aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa 
xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim 
o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. O‘qituvchining 
yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira 
olishlarida ko‘rinadi. 
Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U 
o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar 
beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l 
qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har 
qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining 
o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqachai 
aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat1 aks etadi. 
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro muloqat yuzaga 
keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko‘ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish 
qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, 
dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir.
Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon 
bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim 
tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini 
V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to‘laqonli anglash 
mumkin: 
DJ q M + O‘f+B 
Bu yerda; DJ – didaktik jarayon;
M – o‘quvchilarning o‘qish (ta’lim olish) motivatsiyasi;
O‘f –o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati;
B –o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish. 
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” 
“tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim 
jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq. 
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar 
(tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim 


29 
yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 
ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, 
uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini 
boshqarish usullari. 
Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo‘luvchi 
ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil 
etadi. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling