106
Bilish – o‘rganilgan materialni konkret faktordan boshlab butun bir nazariyagacha esda saqlash va
qayta tiklashni anglatadi.
Boshqarish – jarayonni rejalshtirilgan
maromda amalga oshirish, o‘qitish
maqsadlariga erishish
dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi.
Davlat ta’lim standartlari – me’yoriy hujjat bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy
ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Dastur – o‘quv
predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng
maqbul
usullari, tartibi, axborot manbalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi me’yoriy hujjatdir.
Didaktika – grekcha didaskien so‘zidan olingan bo‘lib, o‘qitaman, o‘qishni o‘rgataman ma’nolarini
anglatadi. Didaktika – bu o‘qitish nazariyasidir. Didaktika o‘qitish
jarayonining shakllari,
metodlari,
tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: