O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet126/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Korxonada xodimlarni boshqarish.
Xodimlarga ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va mehnat vositalaridan foydalanish bilan mehnat predmetini qayta ishlash bilan band bo‘lgan barcha ishlovchilar kiradi. Xodimlardan quyidagilar ajratiladilar:
  • ishchilar;


  • rahbarlar;


  • mutaxassislar;


  • texnik ijrochilar.




Xodimlarni boshqarish – bu jamoa va alohida xodimlarga ulardan muvofiq foydalanish, ularning faoliyat yuritishi va rivojlanishi bo‘yicha maqsadga qaratilgan, tashkilot maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatishdir.
Xodimlarni boshqarishning texnologik jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • odam resurslarini rejalashtirish;


  • xodimlarni tanlash;


  • xodimlarni tanlab olish va baholash;


  • xodimlarga haq to‘lash va rag‘batlantirish;


  • kasbga qayta yo‘naltirish va moslashuv;


  • xodimlarning rivojlanishi;


  • mavjud xodimlarni baholash;


  • rahbar xodimlarni tayyorlash, martabani rejalashtirish;


  • ko‘tarish, pasaytirish, boshqa ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish;


  • xodimlardan foydalanish.


Hammadan avval, tashkilotning xodimlarga bo‘lg‘usi ehtiyojlarini rejalashtirish turadi. Ularning asosida quyidagilar yotadi:


  • tashkilotning ishlab chiqarish dasturi;


  • mahsulotni ishlab chiqarish (sotish)ni rejalashtirish strategiyasi;


  • tashkilot xodimlarining vujudga kelgan va ta’minlanganligi, tuzilishi va sifati.


Tashkilotning kelgusi davrdagi xodimlarga ehtiyojlarini rejalashtirishda hisoblash usuli, ekspert baholari usuli va ekstropolyasiyalash usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Rejani quyidagilar kesmasida turkumlashtirish kerak:


  • mutaxassisliklar;


  • davrlar;


  • xodimlarni jalb qilish manbalari.


SHundan keyin rejaning bajarilishi amalga oshiriladi. Keyin xodimlarni tanlash keladi. U bo‘sh o‘rinlarga munosib nomzodlarni topish jarayonidan iborat bo‘ladi. Xodimlarni to‘g‘ri tanlashga bir tomondan bo‘sh lavozimga rasmiy talablar, boshqa tomondan – xodimlar haqidagi axborotlarni, ularni asoslangan ravishda birlashtirishni bajarish uchun mavjudligi asos bo‘ladi.


Tashkilot xodimlarini tanlash jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi mumkin:
  • tashkilotning xodimlarga ehtiyoji rejasini ishlab chiqarish;


  • ishchi kuchi bozorining haqiqiy monitoringi;


  • liniyali menejer tomonidan xodimlar bo‘limiga buyurtmaning tuzilishi;


  • nomzodga talablarning belgilanishi;


  • kompaniyaning ichidan va tashqarisidan qidirish;


  • xodimlarni tanlash;


  • xodimlarni baholash;


Xodimlarni tanlashning ichki va tashqi manbalari mavjud. Masalan, quyidagilar xodimlarni tanlashning tashqi manbalariga kiradi:


  • OO‘YU, kollejlar;


  • ishga joylashtirish bo‘yicha vakilliklar;


  • ommaviy axborot vositalari;


  • internet.


Xodimlarni tanlashning ham ichki va ham tashqi manbalari ham ma’lum afzalliklar va kamchiliklarga ega (16-jadval).


Xodimlarni tanlashning muhim bosqichi xodimni malakali tanlab olinishidan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
  • xodimlar kommunikatsiyasini tashkil qilish;


  • uni egallashi kerak bo‘lgan odamga lavozim va talablarni bayon qilish;


  • ommaviy axborot vositalarida tanlov haqida e’lon qilish;


  • nomzodlarning salomatligi va ishlash qobiliyatini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish;


  • har bir nomzodni baholash;


  • nomzodlarni reyting bo‘yicha majmuaviy baholash;


  • bo‘sh lavozimga nomzodlarni tanlash bo‘yicha xodimlar komissiyasining xulosasi;


  • lavozimga tasdiqlash, shartnoma tuzish;


  • xodimlik hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni xodimlar bo‘limiga topshirish.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling