O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 0.6 Mb.
|
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy menejment.
- Innovatsion menejment.
- Savdo menejmenti.
Ishlab chiqarish menejmenti - bu ishlab chiqarilayotgan tovarning aniq bozordagi raqobatbardoshligini ta`minlashning majmuaviy tizimidir. U o`z ichiga ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalarni qurish, ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanlash, hayot tajribasining oldingi bosqichlariga muvofiq tovarlarni sotish va firma xizmatini ko`rsatish masalalarini oladi.
Moliyaviy menejment.Moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o‘z ichiga moliyaviy ko‘rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daromadlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatkichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi. Innovatsion menejment.Mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o‘z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo‘nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi. Savdo menejmenti.Savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat boladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha oqilona boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Menejment fanining predmeti tashkilotdagi xo’jalik yuritishning barcha pog’onalaridagi boshqarishning qonunlari, tamoyillari va munosabatlarini shu bilan birga, tashkilotdagi holatlar va uning qismlari orasidagi bog’liqliklar, muhitlar, echim qabul qilishlarni o’rganishdir. Menejment ob’yekti haqida so’z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish lozim. Ob’yekt – bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot, kishi faoliyati va diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs va h.k.z. Demak, ob’yekt tushunchasi mikrovoqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makrovoqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma’noni o’z ichiga oladi. Masalan, «texnolog texnologik liniyani yaxshi boshqara olishi natijasida samaradorlik ko’rsatkichi oshgan». Bunda boshqaruv ob’ekti bo’lib, asbob-uskuna hisoblanadi. «Sex boshlig’i xodimlarni juda yaxshi boshqaradi». Bu erda boshqaruv ob’ekti kishi, shaxs hisoblanadi. Mamlakat, viloyat, shahar, tuman, korxona, va tashkilot menejment yoki boshqarishning ob’ektlaridir. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar – boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling