O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet17/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Nazorat savollari:
  1. Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy menejment xususiyatlarini ayting.


  2. Menejment nazariyalari, maktablarini ayting


  3. Ilmiy menejment maktabi namoyahdalari kimlar.


  4. Boshqaruvning klassik va ma’muriy maktabi to‘g‘risida tushuncha bering.


  5. Boshqaruvdagi Insoniy munosabatlar maktabi to‘g‘risida tushuncha bering.


  6. Inson resurslari nazariyasi to‘g‘risida tushuncha bering.


  7. Boshqaruv konsepsiyalari to‘g‘risida tushuncha bering.


  8. O‘zbekistonda boshqaruvning rivojlanishi to‘g‘risida tushuncha bering.


  9. Zamonaviy O‘zbekiston menejmentining asosiy xususiyatlari qanday?


  10. Amerikacha menejmentning xususiyatlari nimadan iborat?


  11. Yapon menejmenti to‘g‘risida tushuncha bering.


  12. G‘arbiy Evropada menejmentning borishi qanday kechgan?




2-MAVZU. MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI.
Reja:
2.1. Menejment tizimi.
2.2. Boshqaruv usullari.


2.1. Menejment tizimi.
Rivojlangan mamlakatlardan to’plangan tajribalar shuni ko’rsatmokdaki, xo’jalikni uzoq davomli va muvafaqqiyatli faoliyat yuritishining eng asosiy omillaridan biri menejment va menejerlar faoliyati bilan bog’liq эkan.

Menejmentning eng ixcham ta’rifini quyidagicha keltirish mumkin: menejment – bu mehnat, aql-idrok, qobiliyat, tajriba va malakalarni ishga solgan holda maqsadlarga samarali эrishishni tashkil эtish, boshkarishdir. Menejment nafaqat biznesni qanday olib borishni tushunishga yordam beruvchi, balki turli-tuman vaziyatlarda xatoliklardan qochishni o’rgatuvchi inson bilimlari sohasidir. Menejment – bu ham kasb, ham faoliyat turi, ham san’at, ham bilimlar sohasidir.


Zamonaviy menejment ko’pincha strategik rejalashtirish va boshqarishning zaruriyati muammolari bilan duch kelmokda, chunki tashqi muhitning to’satdan va tez o’zgarishi, asosan texnologiyalarda, bozordagi raqobatda, real holdir. Shu bilan birga boshqaruv strukturalari ham o’zgarmokda, ko’proq nomarkazlashuv afzal ko’rilmokda. Tashkiliy mexanizmlar yangi muammolarning chiqishiga va original yondashuvlarning ishlab chiqilishiga moslashib bormoqda. Qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat kilish ketma-ketlikda bormoqda. Resurslarni taqsimlashdagi manyovrlar yangi vaziyatlarda ularni sarflashdagi punktuallikka qaraganda kuproq qadrlanadi.
Menejment – bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan tavsifga binoan u:
  • Boshqaruv hokimiyati va san’ati;


  • Resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar, degan ma’nolarni anglatadi.


Boshqacha so’z bilan aytganda, menejmentbu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai-nazardan boshqaruv – bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.


Menejmentni fan sifatida kiritish hozirgi paytda katta iqtisodiy yutuqlar, revolyusion texnik va texnologik o’zgarishlar, inson mehnatiga umuman yangi bo’lgan yondashuvlar, ijodiy individullikning rivojlanishi va boshqalar bilan bog’liq. Ushbu yo’nalishlarning barchasini o’rganish bizning mamlakatimizda ijtimoiy yo’naltirilgan, rivojlangan hamda samarali bozor iqtisodiyotini yaratishga ko’maklashadi. Menejment ko’p qirralidir: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy, psixologik, texnik, tashkiliy.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling