O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet13/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

1.3. Menejmentining xorijiy modellari.


Menejmentning amerikacha modelini o‘rganish ma’lum qiziqish uyg'otadi. Amerikacha menejment AQSHning g‘arbiy mamlakatlar orasida yyetakchi o‘rinni egallashiga imkon bergan. Amerikacha menejment avvalo boshlanishida F.Teylor tuzgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi. Amerika boshqarish uslubi o'z xususiyatlarga ega. Bu holda, har bir individual xodim majburiyatlari aniq belgilangan. Amerika modeli mohiyati bir boshlang'ich hukm bor, deb - kompaniyaning muvaffaqiyati o'z hududida yolg'on omillarga bog'liq. Bu faqat turli ichki zaxiralarini aniqlash xarajatlarini kamaytirish nazarda tutadi, oqilona tashkil etish , ishlab chiqarish, samaradorligini mavjud resurslaridan foydalanish va hosildorligini oshirish bo'yicha. AQSh modeli nisbiy muayyan lavozimlarga nomzodlarni izlaydi, ular tizimiga moslashgan, deb aytish mumkin.
60-70-yillarda ko‘pgina amerika firmalari insoniy resurslarga o‘zlarining katta e’tiborlarini aks ettirishga harakat qilgan holda, xodimlar nomlarini keyingi ikki o‘n yilliklarda roli ancha o‘sgan insoniy resurslar xizmatlari nomlariga o‘zgartirganlar.
Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi:
  • bozorning mavjudligi;


  • ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli;


  • tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya.


Korporatsiyalar yirik shaxs mavqeiga, ularning aksiyadorligi esa foydaning o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar miqdoriga mutanosib bo‘lgan qismiga egalik qilish huquqiga egalar. Korporatsiyalar barcha mulk sarmoya egasiga tegishli bo‘lgan va egalari ishchilar faoliyatini to‘liq nazorat qiluvchi kichik korxonalar o‘rniga kelganlar.


Menejment nazariyachilarining fikriga ko‘ra, korporatsiyalarni tashki qilishni o‘z orqasidan mulkni unga egalik qilishni nazorat qilishdan, ya’ni hukmronlikdan ajratilishiga olib kelgan. Korporatsiyalarni boshqarish bo‘yicha haqiqiy hukmronlik uni boshqaruvchi va menejerlar (ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi mutaxassislar) ga o‘tgan. Hozirgi vaqtda amerikacha menejment modellarida korporatsiyalar asosiy tarkibiy birlik bo‘ladilar.
Amerika korpopatsiyalari o‘zlarining faoliyatlarida strategik boshqaruvdan keng foydalanadilar.
XX asrning 60-yillarida korporatsiyalar xodimlarining o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatlarini yaxshilash bo‘yicha talablari borgan sari qat’iyroq bo‘la boshladi. Bu bilan parallel ravishda menejmentning ko‘pgina nazariyachilari shunday fikrga kelishdiki, bir qator tashkilotlar tez o‘zgarib borayotgan ijtimoiy muhitning ziddiyatlarini e’tiborga olmay qo‘yganliklari sababli o‘z maqsadlariga erisha olmayaptilar. “Ishlab chiqarish demokratiyasi” (ish joylaridagi demokratiya) doktrinasini paydo bo‘lishi vujudga kelgan holatning oqibati bo‘lgan, u boshqaruvga ham korxonaning o‘zini, ham tovarlar va xizmatlar iste’molchilari, vositachilar, ya’ni kasb egasi bo‘lmaganlarni jalb qilishi bilan bog‘liqdir. Ba’zi bir amerikalik mualliflar buni boshqaruvdagi “uchinchi inqilob” deb ataydilar.
Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to‘rtta asosiy shakllari keng tarqalgan:
  1. Ishchilarnisex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi;


  2. Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo‘shma qo‘mitalari)ni tashkil qilinishi;


  3. Foydada ishtirok etish tuzilmalarini ishlab chiqilishi;


  4. Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi.


60-yillarda AQSHda mehnatni tashkil qilishning brigada usullari, 70-yillarda esa tashkil qilish g‘oyasi amerikaliklarga tegishli bo‘lgan sifatni nazorat qilish to‘garaklari keng tarqalgan edi. Ammo sifatni nazorat qilish to‘garaklari birinchi marta yaponiyada qo‘llanila boshlangan.


Korporatsiyalar sodir bo‘layotgan tashkiliy o‘zgarishlarga ishchilarning qarshiliklarini pasaytirish uchun “mehnat hayoti sifati”ni oshirish dasturlari ishlab chiqiladi, uning yordamida korporatsiya xodimlariuni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, ishlab chiqarishni ratsionallashtirish masalalarini muhokama qilish, turli-tuman tashqi va ichki muammolarni hal qilishga jalb qilinadilar.
Menejer “universal dohiy” bo‘lishi mumkin emas. Rahbar xodimlarni tanlab olishning amerika amaliyoti asosiy e’tiborni mutaxssisning bilimiga emas, balki yaxshi tashkilotchilik qobiliyatiga qaratadi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling