Transfert to‘lovlar – bu o‘tkazma to‘lovlar, davlat byudjeti vositalarini qayta taqsimlash shakllaridan biri.
Bu to‘lovlar:
xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;
davlat qarzlari bo‘yicha foiz to‘lovlari;
ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan transfert to‘lovlar kam ta’minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning boquvidagi kishilarga hamda ishsizlarga nafaqa to‘lash ko‘rinishida bo‘ladi.
2.Tashkiliy ma’muriy usul - bunda korxona va tashkilotni bajaradigan qonun va qarorlarni qanday tashkil etishini aniq yo‘nalishlarda ko‘rish mumkin.
Boshqaruvning ma’mutiy usullari - quyidagilarni o‘z ichiga oladi: — mamlakat va mintaqaning qonunchilik hujjatlari tizimi; — tashkilotning me’yoriy va uslubiy (qollash uchun majburiy) hujjatlari tizimi; — operativ boshqaruv tizimi (hukmronlik tizimi) Jamoani shakllantirish va shaxslararo munosabatlarni tadqiqot qilishda sotsiomatritsalar va sotsiogrammalarni tuzish tavsiya etiladi. U guruh a’zolarining bir-birlariga munosabatlari va jamoaning jipsligi darajasini belgilash, yyetakchini aniqlash hamda xodimlarning sotsiometrik mavqeyi va yengiltakligini aniqlashga imkon beradi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu usullarga:
boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash;
kadrlarni to‘g‘ri tanlash;
buyruqlar, farmoyishlar va qo‘llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga quyi organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. SHuning uchun ularni ko‘pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv organlarining o‘zaro aloqada ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob’ektlarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi.
Ma’muriy usullardan:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib tashlashni ta’qiqlash;
odamlar sog‘lig‘iga zararli mahsulot reklama qilishni ta’qiqlash kabi sohalarda faol foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |