O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet47/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Kommunikatsiya – bu ikki tomon faol rol o`ynaydigan axborot almashinuv jarayoni.Kommunikatsiya jarayoni – bu ikki yoki undan ortiq odamlar o`rtasidagi axborot almashinuvi.
Komunikatsiya jarayonining asosiy maqsadi – almashuv ob’yekti bo`lgan axborotni tushunishni ta`minlash. Bu jarayonda to`rtta bazaviy unsur qatnashadi:
  • axborotni jo`natuvchi;


  • axborotning o`zi (xabar);


  • aloqa kanali, ya`ni axborotni uzatish vositasi;


  • axborotni qabul qiluvchi (11.3-chizmaga qarang).


Ana shu to`rt unsur bir-biri bilan hamohang ishlagandagina, axborot o`z vazifasini bajaradi. Axborotlarni almashuv jarayonida har ikala tomon faol rol o`ynashi kerak.


Shaxslararo va tashkiliy kommunikatsiyalar.
Shaxslararo to`g’ri axborot almashinuvi mavjud. Kommunikatsiya to`siqlari: anglab olishdagi to`siqlar; semantika bilan bog’liq bo`lgan to`siqlar, noverbal (afti-angorini o`zgartirish, tasdiqlovchi yoki rad etuvchi qarash va hokazo) to`siqlar, yomon teskari aloqa va quloq solishni bilmaslik.
Axborotni uzatishda bu to`siqlarga e`tibor berib, o`z g’oyangizni uzatishdan oldin rivojlantirib oling, semantika (ikki ma`noli so`zlar yoki tasdiqlar) muammolariga e`tibor bering, o`z turishingiz, intonatsiyangiz va qo`l harakatingizga e`tibor bering, empatiya (boshqa kishilar sezgisiga e`tibor berish, ichiga kira bilish) va ochiqlikni namoyon eting, teskari aloqa o`rnatishga erishing.
Shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim muammolar tug’ilishi mumkin:

  • Idrok qilishdagi ruhiy farq.


  • Ma`naviy (semantik) to`siq.


  • Noverbal imo-ishoralar.


  • Fil’trlash.


  • Aloqa kanallarining haddan tashqari ko`payib ketishi.


  • Nomaqbul tashkiliy struktura.



Kishilar bir xil ma`lumotni o`zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, qiziqish doiralari, ehtiyojlari, hissiy tuyg’ularining turlichaligidan o`zlaricha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu o`rinda rahbar bilan bo`ysunuvchi o`rtasidagi munosabat ham muhim rol o`ynaydi. Bir-biriga ishonch va o`zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko`lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xil bo`ladi.

Axborotni uzatish paytida qo`yiladigan asosiy talab – bu uning oshkoraligidir.


Ma`naviy (semantik) to`siquzatilayotgan axborotni kodlashtirishda qo`llaniladigan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didiga (lavozimlari, mavqelari, mintalitet, milliy urf-odatlari nuqtai-nazaridan) mos tushmaganligida namoyon bo`ladi.
Odamlar axborot almashinuvi jarayonida quyidagi simvollar bilan almashinishadi: so`zlar, jestlar, intonatsiya. Jo`natuvchi xabarni verbal hamda noverbal simvollar yordamida kodlashtiradi.
Semantika so`zlar orqali uzatiladigan ma`nolarni qo`llash usulini o`rganadi. Ayrim so`zlar turli odamlar uchun turlicha ma`noga ega bo`lishi mumkin va turlicha anglanishi mumkin. Semantik qiyinchiliklar odamlarning simvollar mohiyatini tushunish usullar ziddiyatlari bilan ham berilgan bo`lishi mumkin.
Simvollardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog’ida noverbal, ya`ni og’zaki yoki so`zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat, vajohat, tovushning o`zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so`z mohiyatini tubdan o`zgartirilgan holda etkazilishiga sabab bo`lishi mumkin. Ruhshunoslarning fikricha, so`z bilan aytiladigan axborotning 90 % gacha qismi so`z orqali emas, balki noverbal yo`l bilan qabul qilinar ekan.
Fil’trlash – axborotning iste`molchiga tez etib borishi jarayonida uni ixchamlashtirish, noxush «ma`lumotlar»dan tozalash maqsadida axborot soddalashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli jamlar chiqariladi. Bunday tashqari quyi bo`g’indagi rahbarlar, o`zlari xoxlamagan, ammo yuqori bo`g’indagi rahbarlar bilishi shart bo`lmagan axborotlarni yubormaydilar. SHu tariqa axborot fil’trlanadi.
Aloqa kanallarining haddan tashqari ko`payib ketishi ham kommunikatsion jarayonga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday muammo axborotlarni qayta ishlash va ularni uzatish vositalarining yetishmovchiligi yoki ularning nomukammalligi oqibatida sodir bo’ladi.
Nomaqbul tashkiliy struktura ham kommunikatsion jarayonda muammo tug’diruvchi omillardan biri sanaladi. Boshqaruv bo`g’inlari ko`p bo`lib, funktsiyalar, vazifalar va vakolatlar bir-birini ko`p takrorlasa, shunchalik axborotning manzilga etib borishi sekinlashadi. Natijada shu davr ichida har bir bo`g’inda o`ziga maqbul bo`lgan «tuzatishlar» kiritiladi. Bu jarayonda bo`limlar va bo`g’inlarda sodir bo`ladigan ixtiloflar axborotlar almashuviga va qarorlarni qabul qilishga jiddiy to`siqlarni yaratadi.
Axborotni uzatish va qabul qilish ko`p jihatdan samarali quloq solish san`atiga ega bo`lish darajasiga bog’liq. Amerikalik olim professor Kit Devis samarali quloq solish san`atining 10 ta qoidasini keltiradi. Qoidalarni navbatma-navbat o`qib, bir zum o`zingizni xoli tuting. Yuzma-yuz gaplashayotgan aniq kishini ko`z oldingizga keltiring va ushbu qoidalarga nechog’liq rioya qilganingizga baho bering.
6-jadval

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling