O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
- chizma .Ichki o‘zgaruvchilarning o‘zaro bog‘liqligi
Download 0.6 Mb.
|
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy madaniyat
19- chizma .Ichki o‘zgaruvchilarning o‘zaro bog‘liqligi.
Bu omillar boshqarish amaliyotida bir-biridan ajratilgan holda alohida qurilmaydi. Bir ichki o‘zgaruvchining o‘zgarishi boshqalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa o‘zgaruvchilarning o‘zgarishlari esa to‘lqinsimon ravishda qaytib, avvalgi o‘zgarishlardan ham yuqori darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tashkiliy madaniyat - bu tashkilot a’zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig‘indisidir. Tashkilotning hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo‘lgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi: tashkilotni mavjud bo‘lishining ma’nosini va uning xodimlar va mijozlarga munosabatini beruvchi falsafa; tashkilot asoslanadigan va uning mavjud bo‘lish maqsadlariga yoki ushbu maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo‘lgan ustuvor qadriyatlar; tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar tamoyillarini belgilab beruvchi xulq me’yorlari; tashkilotda “o‘yin” olib boriladigan qoidalar; tashkilotda mavjud bo‘luvchi va tashkilotda qanday atmosfera mavjudligi va tashkilot a’zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o‘zaro hamkorlik qilishlarida namoyon bo‘luvchi muhit; tashkilotda ma’lum tadbirlarni o‘tkazib, ma’lum ifodalar, belgilar va h.k.dan foydalanishda aks ettiriladigan xulqiy urf-odatlar. Tashkilot xodimlari ko‘proq menejment tomonidan va xususan yuqori rahbariyat tomonidan ishlab chiqariladigan va shakllantiriladigan tashkiliy madaniyatning manbalari bo‘ladi. Tashkiliy madaniyat tashkilotning barcha resurslarini uning maqsadiga erishishga jalb qilishda juda katta rol o‘ynashi mumkin. Ammo maqsadga erishish yo‘lida katta to‘siq ham bo‘lishi mumkin, ayniqsa, u buning uchun o‘zgarishlar o‘tkazishni talab qilsa. SHuning uchun menejment tashkiliy madaniyatni shakllanishi, qo‘llab-quvvatlanishi va rivojlanishi masalalarini hal qilinishiga katta e’tibor qaratishi kerak. Tashkilotning ichki hayoti ko‘p sonli har xil harakatlar, jarayonchalar va jarayonlardan tashkil topadi. Tashkilotning turi, uning o‘lchami va faoliyat turiga ko‘ra bir xil jarayonlar va xharakatlar unda yetakchi o‘rinni egallashlari, boshqalari yo yo‘q bo‘lishlari yoki kichikroq hajmda amalga oshirishlari mumkin. Ammo harakatlar va jarayonlarning katta turli-tumanligiga qaramasdan, vazifaviy jarayonlarni beshta guruhlarga ajratish mumkin, ular har qanday tashkilotning faoliyatini qamrab oladilar va menejment tomonidan boshqaruv ob’ekti bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish; marketing; moliya;
xodimlarni boshqarish;
ekkaunting (xo‘jalik faoliyatini hisobga olish va tahlil qilish). Menejment tashkilotda o‘tayotgan vazifaviy jarayonlarni boshqarishni amalga oshiradi, zarur bo‘lgan hollarda, tashkilotning ichki muhitini shakllantiradi va o‘zgartiradi. Tashkilot bozor munosabatlari sharoitlarida atrof-muhit bilan har xil axborotli, ashyoviy jihatlarda o‘zaro hamkorlik qilishga qodir bo‘lgan ochiq tizimdan iborat bo‘ladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling