O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


-chizma. Boshqaruvning vazifaviy tuzilmasi


Download 0.6 Mb.
bet80/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

22-chizma. Boshqaruvning vazifaviy tuzilmasi
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va bo‘linmalar) texnik, iqtisodiy va h.k) rahbarlari ijrochilarga o‘z ta’sirini vazifalar bo‘yicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir-birlarining ishiga aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat bo‘linmalar rahbarlarining harakatlarining muvofiqlashtiradilar va o‘z vazifalarining cheklangan ro‘yxatini bajaradilar (rahbarlar o‘rtasidagi muvofiqlashtiruvchi aloqa chizmada ko‘rsatilmagan).
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi zarur bo‘lgan zarur qisminigina o‘z ichiga oladi. Bunda rahbarlarni ishni bajarilishi borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa bo‘lmasligi mumkin. Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy ataladilar.
Ijrochi ham o‘zining ishlarining bir qismini quyida turuvchi darajaga topshirishi va unga nisbatan vazifaviy rahbar bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, bitta ijrochi bir vaqtda bir necha vazifaviy rahbarlarga bo‘ysinishi mumkin.
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining afzalliklari quyidagilar:
  • rahbarlikka aniq sohadagi omilkor mutahassislarning jalb qilinishi;


  • nostandart vaziyatlarni hal qilishdagi operativlik;


  • vazifaviy rahbarlarning kasb mahoratining tez o‘sishi.


Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining kamchiliklari quyidagilar:


  • yakka xukmronlik tamoyilining buzilishi;


  • javobgar shaxsning yo‘q bo‘lishi;


  • bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishning qiyinligi.





3.To‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma yoki Chiziqli funktsional tuzilma-o‘z ichiga ham to‘g‘ri chiziqli va ham vazifalikilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama bo‘ysinishni yaratadi. Boshqaruvning ko‘pgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati (vazifalari)ning alohidagi turlarini bajarishga ixtisoslashadilar, vazifaviy bo‘linmalar quyida turuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida) berish huquqiga
egalar

Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar uchun javob beruvchi mutaxassislarning yuqori omilkorligi, to‘g‘ri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy faoliyat masalalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashdan ozod bo‘lganliklari natijasida operativ boshqaruv




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling