O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet88/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Tadbirkorlar uyushmasi turli o'lchamlar va mulkchilik shakllaridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil qilinadi. Ayniqsa ma’lum hududlarda klasterga (inglizchadan tarjima qilinganda - bu guruh, to‘planish, jamlanish) birlashgan kompaniyalarning tadbirkorlik uyushmalari katta foyda beradi, ular bu kompaniyalarga u yoki bu raqobat afzaliklarini beradi

Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar.
Keyingi yillarda tashkilotlarning faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendensiyalari kuzatilmoqda. Ularda eng muhimi — iyerarxiya ahamiyatining tubdan pasayishi, qat’iy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta’riflanuvchi yumshoqroq, o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o‘tishdir. 0 ‘zini o‘zi tashkil etishning hududiy, gorizontal tizimi, o‘z o‘zini rivojlantirish va o‘z o‘zini boshqarish, shunga ko‘ra gorizontal bo‘yicha menejmentning ustuvorligi mavjuddir./ Ko‘p olchamli tashkilotning ko‘pgina afzalliklariga qaramay, hatto uning yordami bilan ham barcha a’zolarini qoniqtira oladigan va ular faoliyatini adekvat ravishda motivatsiyalaydigan tashkilotni tashkil etish qiyindir.
Tarmoqli tashkilotlar. Qoidaga ko‘ra, yirik vertikal bo‘yicha integratsiyalangan kompaniya, uning ichidagi bo‘linmalar faoliyatini muvofiqiashtirish vazifasini rejalashtiruvchi va taqsimlovchi o‘rta bo‘g‘in menejerlari tomonidan emas, balki bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Tarmoqli tashkilotlar quyidagilarni ta’riflaydilar: — keng tarmoqli aloqalar; — mehnatni kamroq taqsimlanishi; — foydani tashkilotning eng muhim maqsadi sifatida muvofiqiashtirish; — hamkorlikning keng imkoniyatlari
5.3.Strategik boshqaruv.


Strategiya grekcha («strategos») so`z bo`lib, «general san`ati» degan ma`noni bildiradi. Bu atamaning harbiy sohadan kirib kelganiga taajjublanmaslik kerak. Zero, puxta o`ylangan strategiya Aleksandr Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy yurishlarda qo`l kelgan.
O`zbek tilining izohli lug’atida ham strategiya atamasi:
  • «yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san`ati»;


  • «ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san`ati va ilmi» ma`nosida talqin etilgan.


Harbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo`mondonlik tomonidan harbiy jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san`ati ma`nosida ishlatiladi.


Istiqbolni aniq bashorat, tasavvur qilish uchun strategiya zarurdir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling