O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet90/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Marketing bo`limi; Bozorning qaysi bir segmentiga e`tiborni kuchaytirish lozim? Nima uchun aynan shu korxona tovarlari sotib olinishi kerak? Assortiment va sifat qanday bo`lmog’i lozim? Tovarni relama qilishdan boshlab to sotishgacha bo`lgan bosqichlarda sarflanadigan mablag’larni qanday taqsimlash kerak?Baho siyosati qanday bo`lmog’i lozim?Bozor salmog’i mintaqalar bo`yicha qanday bo`lishi kerak?
Ishlab chiqarish bo`limi: Ishlab chiqarishning mo`ljaldagi darajasi qanday bo`lishi kerak?Investitsiya qaerga va qachon qilinsa ma`qulroq?Ehtiyot qismlarni sotib olish kerakmi yoki ularni korxonaning o`zida tayyorlagan ma`qulmi?Ishlab turgan ishchilarga qanday darajadagi malaka zarur?Qancha muddatga etadigan zaxira to`plash kerak?
Moliya bo`limi: Joriy va kapital xarajatlar ko`lami qanday?Moliyalashtirish manbalari qanaqa?Aylanma kapitalni qanday moliyalashtirish kerak?
Kadrlar bo`limi: Tayyorgarlik ko`rgan xodimlarni ishga qabul qilish kerakmi yoki borlarini o`qitish lozimmi? Ishlab turganlar sonini qanday qisqartirish kerak? Ishchi kuchiga bo`lgan haqiqiy talab qanday? Xodimni qanday qilib saqlash yoki jalb qilish mumkin?
Tadqiq faoliyati: Tadqiqotning qaysi yo`nalishiga ustivorlik berish lozim? Tovarning qaysi jihatlariga qachon o`zgartirish kiritish kerak?
Ta`minot bo`limi: Tovarni kim yetkazib beradi? Yetkaziladigan tovar assortimentiga qanday o`zgartirish kiritish zarur?
Qayd qilinganlarni aniqlash jarayonida strategiyaning quyidagi tamoyillariga e`tibor berilsa, foydadan xoli bo`lmas edi: “Bo`sh kelma”. “Oqimga qarab suz”. “O`zgaruvchanlikni rejala”. “Yangilikmi – bu yaxshidir.” “Kelajakni o`z qo`ling bilan yarat”.

    Umuman olganda, strategik boshqaruv evolyutsion tarzda strategik rejalashtirish zaminida paydo bo`ladi va uning tub mohiyatini aks ettiradi.


    Strategik reja va uning bosqichlari.
    Strategik reja – bu tashkilot oldidagi uzoq muddatga mo`ljallangan vazifalar majmui bo`lib, u tashkilot ko`lamidagi boshqa joriy, yillik rejalar uchun boshlang’ich nuqta xizmatini o`taydi. Strategik rejaning asosiy shakllari besh, o`n va undan ko`proq muddatga mo`ljallangan bo`ladi.
    Tashkilotning barcha bo`g’inlariga tegishli bo`lib, butun tashkilot uchun umumiy maqsadlarni aniqlab beradigan hamda uni o`z muhitiga nisbatan yo`nalish ko`rsatadigan rejaga strategik reja deyiladi. Umumiy maqsadlarni qanday qilib erishish yo`llarini ko`rsatib beradigan reja esa operatsion reja deb yuritiladi. Bu to`g’risidagi fikrlar oldingi mavzuda batafsil keltirilgan.
    Strategik reja, odatda korxona rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va uni amalga oshirishda korxonaning barcha xodimlari ishtirok etishadi. Korxona maqsadi va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan batafsil, har tomonlama majmuaviy ishlab chiqilgan reja strategik rejalashtirishning pirovard natijasi hisoblanadi.
    Strategik rejalashtirish – bu tashkilot rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan qarorlar va hatti-harakatlar majmuidir, buning natijasida tashkilot maqsadlariga erishishni ta`minlashga qaratilgan maxsus strategiyalar ishlab chiqiladi.Strategik rejalashtirish jarayoni boshqarish qarorlarini qabul qilishda asosiy instrument hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi – bu tashkilotda kerakli darajada, muhlatda o`zgartirishlar va yangiliklarni joriy etishdan iborat.
    Strategik rejalashtirish jarayonini olib borishda asosiy 4 ta boshqarish faoliyati ajratiladi: 1.Resurslarni taqsimlash. 2. Tashqi muhitga moslashish. 3.Ichki muvofiqlashtirish. 4. Tashkiliy strategiyalarni anglash.


    Yuqori darajadagi rahbarning asosiy vazifasi faqatgina strategik rejalashtirish jarayonini ishlab chiqish emas, balki uni joriy etish va baholash bilan ham bog’liq.

    Strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi.



    Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling