O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet92/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Birinchi mezon maqsadning aniq me`yoriy o`lchovga ega bo`lishini talab qiladi. Masalan, «shu davr ichida xodimlarning xizmat pillapoyalari orasidagi o`sishini taxminan 10-15 %ga oshirish», «sifati a`lo, ammo bahosi shuncha arzon bo`lgan mahsulotni ishlab chiqarish» va hokazo. Bunday maqsadlarni aniq qo`yish bilan rahbar barcha bo`g’inlarning istiqboldagi rivojlanishi bo`yicha miqdoriy mo`ljallarni belgilaydi. Ikkinchi mezon–bu prognoz qilinayotgan vaqt (davr)ni aniq belgilash lozimligidir. Bu mezonga binoan strategik rejalashtirish uzoq muddatli (besh yildan ko`proq muddatga), o`rta muddatli (bir yildan besh yilgacha) va qisqa muddatli (bir yilgacha) bo`lishi mumkin. Maqsadga erishishning uchinchi mezoni ikki jihat nuqtai-nazaridan muhimdir. Birinchidan, mo`ljallangan maqsadning amalga oshmasligi korxonaga katta zarar etkazishi, hattoki, bankrotlikka olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, amalga oshirish mumkin bo`lmagan maqsadning korxona oldiga qo`yilishi band bo`lgan xodimlarning muvaffaqiyatga intilishini bo`g’ib quyadi. Bu esa, o`z navbatida ularning shaxsiy manfaatdorligini so`ndiradi. Ishlab chiqarish samaradorligining pasayishiga olib keladi. Strategik rejalashtirishdagi maqsadning to`rtinchi mezoni – bu maqsadning muvofiqlashtirilishini hisobga olishdir. Bunday talab to`la-to`kis boshqaruvchilarning mahorati va malakasiga bog’liq. Bu erda gap qo`yilgan maqsadning boshqa maqsadlarning amalga oshishiga xalaqit bermasligi to`g’risida ketayapti. Bosh maqsad va qo`shimcha maqsadlarning bir-biriga muvofiq kelmasligi turli bo`g’inlar ishida turli qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Maqsadga erishishning beshinchi mezoni – bu strategik rejalashtirilayotgan ob’yekt bilan bog’liq bo`lib, uning ustivorligiga e`tibor beriladi. Masalan, foydalilik, bozor segmentlari, moliyaviy resurslar, innovatsiya, ijtimoiy himoya va boshqalar. Bu sohalar bo`yicha maqsadlar ham mazmunan, ham ifodalanish shakli nuqtai-nazaridan bir-biridan tubdan farq qiladi. Agar so`z foydani uzoq muddatga rejalashtirish haqida ketsa, u holda asosiy maqsad foyda, daromad ko`lami, kapital qo`yilmalarga ajratiladigan mablag’ va hokazolar nazarda tutiladi.
Korxonataraqqiyotining bosh yo`nalishi va uning maqsadini to`g’ri tanlash ikki omilga bog’liq:tashqi muhit omili;ichki muhit omili. Tashqi muhitni tahlil qilish shunday jarayonki, bunda strategik rejani ishlab chiquvchilar tashkilotga ta`sir etuvchi imkoniyat va xavflarni aniqlash uchun tashqi muhit omillarini nazorat qiladilar. Tashqi muhitni tahlil qilish quyidagi 3 ta savolga javob berish bilan aniqlanadi: 1) Tashkilot hozir qanday holatda turibdi? 2) Rahbariyatning fikricha tashkilot kelajakda qanday holatda bo`lishi kerak? 3) Tashkilot hozirgi holatdan rahbariyat xoxlaydigan holatga o`tishi uchun qanday chora tadbirlar olib borishi kerak?

Xavf va imkoniyatlar asosan 7 sohaga ajratiladi: iqtisodiy, siyosiy, bozor, texnologik, raqobat, xalqaro va ijtimoiy (14.3-chizma).




Iqtisodiy omillar. Iqtisodiy omillarni tahlil qilishda inflyatsiya sur`ati, soliq stavkasi, xalqaro to`lov balansi, ishsizlik darajasi, aholining bandlik darajasi, korxonaning to`lovga qodirlik darajasi kabilarga e`tibor qaratiladi.
Siyosiy omillar. Rahbariyat mahalliy organning, hokimiyatning va davlatning me`yoriy hujjatlarini, ya`ni uzoq muddatli qo`yilmalarni moliyalashtirish uchun davlat kreditlari, ishchi kuchini yollash bo`yicha chegaralar, tashqi iqtisodiy savdo tariflari bo`yicha kelishuvlar va boshqalarni kuzatib borishi kerak.
Bozor omillari. Bozor omillari ham korxona faoliyati samaradorligiga o`z ta`sirini o`tkazadi. Ularni tahlil qilish korxona rahbariyatiga korxona strategiyasini aniq belgilash va uning mavqeini mustahkamlashda yordam beradi. Bunda, demografik o`zgarishlar, turli xildagi mahsulot va xizmatlarning hayotiy davri, aholi daromadi darajasi va uning taqsimlanishi, korxonaning bozorda egallagan salmog’i, tarmoqdagi raqobat darajasi, bozor ko`lami yoki uni hukumat tomonidan himoyalanganligi tahlil qilinadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling