O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet86/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

To‘liq o‘rtoqlik – o‘rtoqlik ishtirokchilari (to‘liq o‘rtoqlar) ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadilar va uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulk bilan javob beradilar.
SHaxs faqat bitta to‘liq o‘rtoqlikning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Ishonchdagi o‘rtoqlik ( kommanditli o‘rtoqlik) – bu o‘rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va o‘rtoqlik majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulklari bilan javob beruvchi ishtirokchilar (to‘liq o‘rtoqlar)dan tashqari, o‘zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari summasi doirasida o‘rtoqlik faoliyati bilan bog‘liq zarar ko‘rish xatariga ega va o‘rtoqlik tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha kiritma kirituvchi ishtirokchilar (kommandititlar) mavjud bo‘ladi.
SHaxsfaqat bitta ishonchdagi o‘rtoqlikda to‘liq o‘rtoq bo‘lishi mumkin.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar-bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum ulushlarda taqsimlangan. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar ko‘rish xatariga ega bo‘ladilar. Jamiyatning to‘liq bo'lmagan mablag‘larini kiritgan ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha ishtirokchilardan har biri ulushining to‘lanmagan qismi qiymati doirasida birgalikda javobgarlikka egalar.
Aktsiyadorlik (hissadorlik) jamiyati-nizom sarmoyasi aksiyalarning ma’lum soniga taqsimlangan jamiyat. Aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyati bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar ko‘rish xatariga egalar. Aksiyalarga toliq haq tolamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bolgan aksiyalarning haq tolanmagan qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling