ishlab chiqarish va sotish operatsiyalarini markazlashtirilmaganligi;
tuzilmalarning epchilligini oshishi;
direktorlar kengashining rolini kuchayishiga ega boshqaruvning markazlashtirilmagan tuzilmalari;
vertikal dezintegratsiya (tarkibiy qismlarga taqsimlanish) korxonani oddiy bo‘linmalar tashkil qilish maqsadida segmentlarga ajratishdan to yuridik sho‘‘ba kompaniyalarga ajratishgacha (vertikal yoki pastga qaytadan tuzilmalarga ajratish) yoki faoliyatning ma’lum sohalariga ixtisoslashgan firmalarni tashkil qilish yo‘li bilan singil korxonalarni ajratilishi (gorizantal qaytadan tuzilmalarga ajratish);
ichki soddalashtirishlar yoki o‘zgartirishlar, ular boshqaruv bo‘g‘inlari va darajalarini birlashtirish, taqsimlash, birovga qayta bo‘ysindirish, qisqartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
tor ixtisoslashishdan integratsiyalashishga o‘tish;
muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ma’muriy qo‘llanmalardan foydalanishdan voz kechish;
sho‘ba kompaniyalarning rahbariyatiga ishlab chiqarish- sotish muammolarini hal qilishdagi vakolatlarni berish;
piramidali tashkiliy tuzilmalarni darajalarning kichikroq soniga ega tekisiga aylantirish. Xorijiy firmalarda boshqaruv darajalarining soni 8-12 dan 4-5 gacha qisqartiriladi, ya’ni bosh boshqaruvchi va bevosita mijozlar bilan ishlovchi xodimlar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inlarning miqdori pasaytiriladi. Buning natijasida har bir menejerning faoliyati bevosita iste’molchilar talablarini qanoatlantirishga yaqinlashtiriladi.