O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Menejmentning G‘arbiy Yevropa modeli
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
Menejmentning G‘arbiy Yevropa modeli shakllanishiga Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari katta ta’sir ko'rsatgan. AQSHdan keyin Evropada ham “mehnatni boyitish”, ya’ni ish joyida uning mazmundorligini oshirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazilgan. Masalan, bir qator firmalarda konveyer bekor qilingan, bu xodimlar qo‘nimsizligini pasaytirish va rentabellikni oshirishga imkon bergan. Angliya, Gollandiya, Norvegiya, SHvetsiya va G‘arbning boshqa mamlakatlarida xodimlarni boshqarishda “ishtirok etish”ga jalb qilish masalalari ham keng ishlab chiqilgan. GFRda shakllangan “hamkorlikdagi ishtirok” tizimi e’tiborga molikdir. U uchta elementdan tashkil topgan:
korxonalarda “ishlab chiqarish kengashlari”ni tashkil qilish; yollanma xodimlar vakillarini kuzatuv kengashlariga kiritish; “ishchi direktorlar”ni boshqaruvchilar kengashlariga kiritish. Ishchilarning kengashlar, qo‘mitalar va boshqa idoralardagi vakilligi G‘arbiy Evropaning boshqa mamlakatlari – Fransiya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya va boshqalarda ham mavjud. 1973 yilda shved kasaba uyushmalari kompaniyalar direktorlari kengashlarida vakillik qilish huquqiga erishganlar. Keyingi yillarda jamoaviy ishga katta e’tibor qaratila boshlandi. Boshqaruv guruhlari aniq belgilangan, ularning har biriga hal masalalar doirasi biriktirilgan. Masalan, nemis “Rarsburg modeli” javobgarlikni quyi darajalarda ko‘chirishni ko‘zda tutadi. G‘oya qarorlar qabul qilish huquqini omilkorroq xodimlarga topshirishdan iborat bo‘ladi, bu boshqaruvning barcha darajalariga qabul qilinayotgan qarorlarning sifatini oshiradi. Har bir xodim o‘z vazifalari va omilkorligi doirasida boshqaruv qarorlarini qabul qiladi. G‘arbiy Evropalik olimlar boshqaruvga “ijtimoiy inson” nuqtai-nazaridan yondoshuvni shakllantirishiga sezilarli hissa qo‘shganlar. Bu yondoshuv odamlar xulqini ularga guruhli xulqni ta’sir ko‘rsatishi nuqtai-nazaridan o‘rganishga imkon bergan. Quyidagi uchta olimni boshqaruvga sotsiologik yondoshuvning yaratuvchilari deb hisoblaydilar: bular nemis professori M.Veber, fransuz olimi E.Dyukgeym va kelib chiqishi fransuz bo‘lgan italyan olimi V.Pareto. G‘arbiy Evropa kompaniyalari boshqaruvni markazlashtirmaslik tamoyilidan foydalanishda amerikalik firmalar bilan umumiy alomatlarga egalar. Amerikaliklar kabi G‘arbiy Evropa firmalari ham ilmiy-texnik taraqqiyoti ta’siri ostida bir erda jamlanish va markazlashish jarayonlari bilan qamrab olinganlar. Oborotlar hajmi bo‘yicha G‘arbiy Evropa firmalariyaqin turadi. Keyingi o‘n yilliklarda G‘arbiy Evropa firmalari amerikaliklar tajribasidan foydalanish bilan boshqaruvni qayta tashkil qilishni amalga oshirganlar. Ular ishlab chiqarishni tor ixtisoslashtirishdan uzoqlashib ketganlar. Kompaniyalar doirasida faoliyatning har bir sohalari bo‘yicha ishlab chiqarish bo‘limlari yoki bo‘linmalar guruhlari tashkil qilinmoqda. Ammo ularda baribir o‘zining xususiyatlari saqlanib qolinmoqda. Xususan, G‘arbiy Evropa kompaniyalarida ishlab chiqarish bo‘linmalari amerikaliklarnikiga qaraganda katta rol o‘ynaydi. Boshqaruvning markazlashtirilmagan shaklida ular o‘zlarining tarkiblariga kiruvchi sho‘‘ba kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiradilar, keyingilarga operativ-xo‘jalik, moliyaviy va yuridik mustaqillik beriladi. SHo‘‘ba kompaniyalar esa bir vaqtning o‘zida ham foyda, ham javobgarlik markazi bo‘ladilar. O‘zlariga biriktirilgan tovar navlari doirasida ular ilmiy-tadqiqotlar olib boradilar, mahsulot iste’molchilarini qidirib topadilar, boshqaruvning iqtisodiy usullaridan foydalanish bilan, uni ishlab chiqarish va sotishni amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘zlariga biriktirilgan sho‘‘ba kompaniyalarning ilmiy-tadqiqotlar, ishlab chiqarish, sotish, moliya bo‘yicha faoliyatini nazorat qiladilar va muvofiqlashtiradilar. Alohida kompaniyalar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalari o‘rnatiladi va bunda G‘arbiy Evropalik (nemis, fransuz, shved) konsernlari “sanoat guruhlari” deb ataladilar. Ko‘pgina nemis konsernlari tarkibida ko‘p sonli yuridik mustaqil sho‘‘ba kompaniyalari mavjudlar. Ular katta operativ mustaqillikka egalar. Bu kompaniyalarning hududiy tarqoqligi va tor ixtisoslashganligi faoliyatni markaziy boshqaruv orqali muvofiqlashtirishi taqozo qiladi. SHu tufayli ishlab chiqarish maqsadlarining yagonaligi ta’minlanadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling