O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Menejmentning texnokratik nazariyasi


Download 1.79 Mb.
bet12/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Menejmentning texnokratik nazariyasi. 1950-60 yillarda Amerika menejmentida shunday yo’nalish taraqqiy topa boshladiki, ularni texnokratik nazariyasi oraliq birlashtirish mumkin edi. Bu yo’nalishdagi ta’limlar orasida elit nazariyasi yoki texnokratik va industrial jamiyat nazariyasini keltirish mumkin. Bu nazariyalar kapitalizmni o’sha davrda yuqori saviyada taraqqiy topishiga ijobiy javob sifatida dunyoga keldi. Ularning vazifasiga boshqaruv tavsifiga ega kapitalistik ishlab chiqarishni kelajakdagi taraqqiyotiga ko’maklashuvchi omillarni kidirib topish kirgan edi. Barcha uch xildagi nazariyada ushbu taraqqiyotni bunyod etuvchilik roli menejmentga va menejerlar korpusiga beriladi.
Texnokratik nazariya. Uning asoschisi amerikalik sosiolog T.Veblen эdi. Bu ta’lim bo’yicha izlanishlar olib boruvchilar kelajakda jamoa ishlab chiqarish taraqqiyotini oldindan belgilash vazifasi bilan shug’ullanganlar. Ularning g’oyasi bo’yicha kelajak muhandislar va texnik ziyolilar davri bo’ladi. Shunga yarasha, kelajak menejmenti – bu texnokratik – fan va texnika vakillaridir.
Elit nazariyasi. Bu nuqtai-nazar tarafdorlari jamiyatni hamma narsaga эga va unga bo’ysunuvchi olomonga, boshqaruvda эsa «malakali» rahbarlarga va «malakasiz» ko’pchilikka taqsimlaganlar.
Industrial jamiyat nazariyasi vakili taniqli amerikalik iqtisodchi J.Gelbreyt. 1967 yilda J.Gelbreyt o’zining «Yangi industrial jamiyat» nomli kitobini nashr эtdi. Unda barcha ko’rib chiqilayotgan boshqaruv nuqtai-nazarining bosh g’oyalari isbotlari o’z aksini topgan.
Industrial jamiyat nazariyasining tartib qoidalari elit va texnokratik nazariyalari vakillarining fikriga deyarli o’xshashdir. Bu erda ikkita jihat mavjud: 1.Jamiyatdagi har xil turkumdagi odamlarni ularning ma’lumot darajasiga qarab taqsimlanishi va qarama-qarshiligi. 2. Texnologik menejmentga boshqaruvning ilg’or kuchi rolini berish.
Industrial jamiyat nazariyasining asosiy belgilari:
J.Gelbreyt va uning tarafdorlari zamonaviy ishlab chiqarishni va undagi qaror topgan munosabatlarni yuqori darajada industrial jamiyat deb keladilar. Avvalgi davrda boylar va kambag’allar orasida ijtimoiy kelishmovchilik hukm surgan, hozirgi davr jamiyatida bu kabi kelishmovchilikka barham berilgan, chunki har bir mehnat qilayotgan inson o’zining talabini qondirish uchun etarli darajada pul ishlamoqda. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha odamlar ma’lumoti bo’yicha bo’linadi. Ma’lumotlilik omili industrial jamiyatda, iqtisodiy va siyosiy hayotda poydevor hisoblanadi. Masalan, iqtisodiy tomondan ma’lumot insonni yaxshi maosh olishida asosiy rol o’ynaydi. Ishsizlik ham sezilarli darajada bir guruh odamlarning ma’lumotlilik saviyasi bilan bog’liq, odatda ishsizlikka xalqning ma’lumoti past tabaqalari duchor bo’ladi.
Industrial jamiyat nazariyasida samarali boshqaruv muammosini ishlab chiqa turib J.Gelbreyt e’tiborni guruhli qarorga qaratadi va u kabi menejment tarkibiga firmaning faqat rahbarlarni va bosh ma’muriyatni kiritmasdan balki to’laligicha o’rta (oq yoqalar) va past (zangori yoqalar) boshqaruv qatlamlarini ham kiritadi. Barcha boshqaruv tashkilotini u texnik tarkib deb nomlashni taklif эtadi.
Industrial jamiyat ta’limi tarafdorlarining ish mohiyati – bu texnik tarkibni boshqaruv faoliyati samaradorligidagi izlanishlar masalasidir. Industrial jamiyat nazariyasi samaradorligining asosiy sharti uning a’zolari ma’lumotini oldinga suradi.
Texnokratik boshqaruv nazariyasi Ғarb biznesining izlanish fikriga jamiyatning sifat saviyasiga va menejmentga o’zining yo’nalishi tufayli yangi elementlarni kiritdi. Ammo ular asosan o’z g’oyalarini absolyutlashtirgani va keng doiradagi boshqa boshqaruv masalalariga: tashkiliy va vazifaviy tavsifga, jarayondagi tavsifga, ijtimoiy-psixologik omillarga etarlicha diqqat-e’tibor qilinmaganligi uchun boshqaruv ta’limi tomonidan qattiq tanqid qilindi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling