O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv konsepsiyalari. Boshqaruvning empirik ta’limi.
5.Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi(1950 yildan hozirgacha).Namoyandalari G.Saymon, P.Druker, E.Deyl va boshqalar.
Murakkab boshqaruv muammolarini chuqurroq tushunish maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qo`llash; Murakkab vaziyatlarning yechimi bo`yicha boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqish. Shunday qilib menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o`ziga xos ko`rinishlarda shakllangan: 50-60-yillarda boshqaruvning diqqat markazida tashkiliy tarkibi turgan; 60-70-yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi; 80-yillardan boshlab esa, ilg’or g’arb firmalarida strategik rejalashtirishdan strategik boshqaruvga o`tiladi. Boshqaruv konsepsiyalari. Boshqaruvning empirik ta’limi. Bu ta’lim nazariyasi firma, tashkilotlar bilan aniq boshqaruv tajribasi asosida menejment usulini takomillashtirish, o’rganish va uni keyinchalik tarqatish yotadi. Bundan ta’limning nomi kelib chiqadi – empirik (empirik-tajriba). Uning vakillari E.Peterson, G.Saymon, P.Druker, R.Devis, A.Chandler, e.Deyl va boshqa olimlardir. Empirik ta’limning dunyoga kelishida ilmiy menejmentni va inson munosabatlari ta’limining bir qator qoidalarini yetarli darajada ishlatilishi sababdir. empirik ta’limning tarafdorlari nazariy tamoyillarning ahamiyatini inkor qilmagan holda эng muhimi boshqaruv tajribasini bevosita tahlili deb hisobladilar. Boshqaruvni o’rgatishning maxsus usullari boshqaruvning aniq vaziyatlari asosida ishlab chiqilgan эdi. Bu kabi tahlil, ularning fikricha, ushbu vaziyatga to’g’ri keladi. Empirik ta’lim firma ichidagi menejment amaliyotiga o’zining salbiy ulushini qo’shdi. U boshqaruv tarkibiga vazifaviy xizmatlarni tashkil etishda, muntazam xizmatlarda, texnik va axborot ta’limi tizimlarida va boshqalarda kimmatbaho tavsifnomalar berdi. Menejerlarni samarali o’qitish usuli bo’yicha katta izlanishlar olib borildi, amaliyotga эsa yangiliklar kiritildi. Misol sifatida «Jeneral Motors» firmasining prezidenti bo’lgan A.Sloun tomonidan tashkil qilingan maxsus menejerlash tayyorlash Markazini keltirish mumkin. O’z asoschisining nomi bilan ataluvchi «Sloun ta’limi» hozirgi davrda dunyoga mashhur boshqaruv xodimlarini tayyorlovchi markaz hisoblanadi. Empirik ta’lim vakillari bir qator muammolarni oldinga surishdi, so’ng 70-80 yillarda ular dolzarb bo’lib qoldi. Shulardan quyidagilarni keltirish mumkin: 1.Ta’lim maskani boshqaruvni markazlashtirish va nomarkazlashtirish masalasiga salmoqli diqqat-э’tibor qaratdi. 2.Maqsadli boshqaruvni joriy эtilishida hamkorlik qildi. 3.Empirik ta’lim boshqaruv vazifasini turkumlash muammosi; rahbar xodimlar mehnatini tashkil qilish bilan shug’ullangan. Empirik ta’lim izlanuvchilari menejmentni kasblantirishni, ya’ni boshqaruv mehnatini muhim va alohida kasbga aylantirishni tasdiqlab keldilar. Кasbiy boshqaruvning birinchi xususiyati – menejerni barcha mavjud resurslardan bir butun yaratishdan va foydalanishdan iboratdir. Ikkinchi xususiyati – bu qaror qabul qilishda mo’ljalni tashkilotning kelajagiga qaratishdir. «Menejment» tushunchasi empirik ta’lim vakillarining izlanishlarida ikkita ma’noda ko’riladi: keng va tor ma’noda. Кeng ma’noda ijtimoiy nuqtai-nazardan menejment bu texnika yoki insonga xos moyillikni taraqqiy toptirish va guruhni shakllantirish usulidir. Guruhning qanday bo’lishiga qaramay u o’zining xususiy menejmentiga эga bo’lishi kerak. Bu ta’limga asos soluvchilar E.Peterson va E.Ploumenning fikriga ko’ra menejment qo’l ostidagilarga rahbarlik qilishdagi va u orqali insonning asosiy intilishini qoniqtiradigan jarayon deb bilish mumkin. Menejment rahbarlikni hukumatni o’ziga qabul qilish bilan, vazifalarni taqsimlash va ushbu tashkilotdagi odamlarini barcha hatti-harakati haqidagi hisobotni o’rnatilishi bilan qabul qiladi. Menejment ancha tor ma’noga ega bo’lishi ham mumkin. Bu korxona boshqaruvining nazariya va amaliyoti tamoyilidir. U boshqa holatlarda menejment va menejer korpusi эmpirik ta’lim vakillari tomonidan kuchli vaqt va ishlab chiqarish samaradorligi omili sifatida qabul qilinadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling