O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet7/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Menejment psixologik jihatdan boy boshqaruv tizimidir, uning asosiy vazifalari psixologiya bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun, ushbu funktsiyalarni samarali amalga oshirish uchun menejer boshqaruv ko'nikmalarining psixologik tarkibiy qismlarini o'zlashtirishi kerak: odamlar bilan munosabatda bo'lish, tinglovchilar bilan gaplashish, ishontirish va h.k.z.


Mumtozma`muriyboshqaruvmaktabiningasoschilari: Yirikbiznessohasidamashhur, boshqaruvningyuqoribo`g’inidaesayuksaktajribaliamaliyotchи rahbarlarbo`lishgan. Ularni tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo`lgan. Shunday maqsad qo`yilgan bo`lsa-da, ular boshqaruvning ijtimoiy jihatlariga unchalik e`tibor berishmagan, ustiga - ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondashuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo`lmagan.
«Mumtoz»chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai-nazaridan yondashib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning universal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e`tibor qaratishgan:

  • Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo`linmalar yoki ishchi guruhlarga bo`lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan.

  • Tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo`lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo`ysunishi lozim degan g’oyani ilgari surishgan.

  • Ilmiy menejmentning Evropa yo`nalishidagi ta`limning XIX asr oxiri va XX asrning 20-yillarida eng yorqin arbobi Anri Fayol(1841-1925 y.)hisoblanadi. Anri Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan frantsuz olimdir. U Frantsiyadagi ko`mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. Anri Fayol o`zining boy amaliy tajribasini «Umumiy va sanoat boshqaruvi» (1916) nomli kitobida umumlashtirgan.



Anri Fayolning boshqarish tamoyillari




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling