O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet6/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

G.Emerson ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko`ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan:

    1. Aniq qo`yilgan maqsad va g’oyalar.

    2. Oqil, sog’lom fikr.

    3. Jozibali, e`tiborli maslahat.

    4. Intizom.

5.Xodimga nisbatan adolatli bo`lish.
6.Tezkor, ishonchli, to`liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7.Dispetcherlik ishini olib borish.
8.Me`yorlar va jadvallar.
9.Sharoit bilan ta`minlash.
10.Operatsiyalarni me`yorlash.
11.Standart yo`riqnomalarni tayyorlash.
12.Unumdorlikni rag’batlantirish.
Ko`rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e`tiborida, eng avvalo ikki aniq qo`yilgan maqsad va g’oya, shuningdek, oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o`rganib, ishchiga beriladigan ish hajmi me`yorlarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo`llanilib, unga ko`ra berilgan me`yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar, uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalar 20-30 foiz pasaytirilib, jarima solinar edi. Lekin, berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilishi kerak.
«Ilmiy menejment» maktabining vakillari o`z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag’ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi boshqaruv bilan shug’ullanishgan. Ma`muriy maktabning vujudga kelishi esa mutaxassislarning umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug’ullanishlari uchun imkon yaratgan.



  1. Boshqaruvning klassik va ma’muriy maktabi. Mumtoz yoki ma`muriy menejment (1920-1950) maktabining namoyandalari Anri Fayol, Maks Veber va boshqalar.

  • Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish.

  • Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish.

  • Tashkilotni yalpi boshqarishda tizimli yondashuvni asoslash.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling